Kontent qismiga oʻtish

Sogʻlom avlod uchun ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sogʻlom avlod uchun ordeni
Mamlakat Oʻzbekiston
Turi Orden
Statistika
Taʼsis sanasi 7-may 1993-yil
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mehnat shuhrati ordeni
Kenja mukofot Shon-sharaf ordeni

Sogʻlom avlod uchun ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan biri.

„Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:

  • I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni;
  • II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni.

I va II darajada „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar, fan va madaniyat muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqadi. „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan boshqa davlatlarning fuqarolari ham mukofotlanishlari mumkin. I va II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni koʻkrakning chap tomonida taqiladi. Har bir mukofotlangan kishiga tegishli darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi. „Sogʻlom avlod uchun“ ordenining darajalaridan qatʼi nazar bu orden bilan takroran mukofotlanilmaydi.

I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishda, inson ekologiyasini yaxshilashda, jismonan va axloqan sogʻlom avlodni, vatanparvarlik hamda Oʻzbekistonga har tomonlama sodiqlik va undan faxrlanish oliy tuygʻularini tarbiyalashda, onalik va bolalikni taʼminlash uchun munosib moddiy va maʼnaviy zamin yaratishda Oʻzbekiston davlati va xalqi oldidagi juda katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlanganlar quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:

  • yiliga bir marta (har ikki tomonga) Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida temir yoʻl, havo yoki shaharlararo avtomobil transportida shaxsan bepul yurish;
  • shahar yoʻlovchilar transporti, qishloq joylarda avtomobil transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) shaxsan bepul foydalanish;
  • imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish va dori-darmonlarni tekin olish;
  • kvartira va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashdan ozod boʻlish.
  • bir vaqtning oʻzida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorida pul mukofoti oladilar.

II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan sogʻlom avlodlarni kamol toptirish ishiga katta hissa qoʻshgan, onalik va bolalik toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qiluvchi kishilar, nogiron va yetim bolalarning vasiylari, bolalar va onalikka nisbatan muntazam oliy xayr-ehson koʻrsatuvchi jamoat tashkilotlari, xoʻjalik tuzilmalarining vakillari mukofotlanadilar. II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlanganlar:

  • shahar yoʻlovchilar transporti, qishloq joylarda avtomobil transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) shaxsan bepul foydalanish;
  • imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish va dori-darmonlar narxining 50 foizini toʻlash;
  • kvartira va kommunal xizmatlar haqini 50 foiz miqdori toʻlash huquqiga ega boʻladilar.
  • bir vaqtning oʻzida bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravar miqdorida pul mukofoti topshiriladi.
  1. I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni oltin suvi yugurtirilgan metalldan tayyorlanib, 34 mm. diametrdagi toʻgʻri doira shakliga ega. Ordenning oʻng qismida quyoshning iliq nurlari aksida ona va bolaning qavariqli tasviri tushirilgan. Ordening orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi gerbining qavariqli tasviri va doira boʻylab SOGʻLOM AVLOD UCHUN soʻzlari yozilgan. Doiraning yuqori qismida 12 ta yulduz tasvirlangan. Orden orqa tomonining chetlari boʻrtma hoshiyalangan. Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari kumush suvi yugurtirilgan dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi yashil rangli tovlanadigan lenta bilan oʻralgan. Lentaning oʻrtasida oltinrang oʻrik daraxtining gullab turgan shoxi oʻyib ishlangan.
  2. II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni kumush suvi yugurtirilgan metalldan tayyorlanadi. Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari oʻyma oltinrang dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi kumush rangli tovlanadigan lenta bilan oʻralgan. Lentaning oʻrtasida kumushrang oʻrik daraxtining gullab turgan shoxi oʻyib ishlangan.[1]

Taqdirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]