Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil
Qiyofa
„Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil“ esdalik nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | esdalik nishon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari | |
Taqdirlash asosi | davlatning mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar qurilishiga muhim hissa qoʻshgan shaxslar, oʻzining yuksak kasb mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon qilgan harbiy, iste'fodagi va zaxiradagi harbiylar hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan yoki yaralangan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2006-yil 12-dekabr. |
„Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil“ esdalik nishoni — davlatning mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar qurilishiga muhim hissa qoʻshgan shaxslar, oʻzining yuksak kasb mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon qilgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun boʻlgan jangovar harakatlarda ishtirok etgan va zaxiraga boʻshatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan yoki yaralangan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar[1][2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Esdalik nishonining old tomonida balqib chiqayotgan quyosh fonida Xumo qushi aks ettirilgan. Xumo qushining tagida sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning oʻrtasida kesishayotgan ikki qilich bilan qalqon (Amir Temurning harbiy aslahalari) tasvirlangan. Nishonning yuqori qismida doira boʻylab „Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil“ yozuvi mavjud. Esdalik nishonining pastki qismida tasvirlangan lentaga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga asos solingan yil va yubiley sanasini anglatuvchi 1992—2007 raqamlari yozilgan.
- Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
- Esdalik nishoni eni 24 millimetrli moviy-havorang shoyi tasma bilan qoplangan besh qirrali kolodkaga halqacha yordamida tutashtiriladi. Tasma eni 2 millimetrli sariq rangdagi yoʻl bilan hoshiyalangan. Tasma oʻrtasidan eni 7 millimetrli yashil rangli yoʻl oʻtgan.
- Tasvirlar va yozuv qavariqdir. Esdalik nishonining qirralari boʻrtiq hoshiyalangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari
- Oʻzbekiston hukumatining mukofotlari
- Oʻzbekiston davlat imtiyozli mukofotlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil” esdalik nishoni taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.12.2006-yildagi PF-3837-son
- ↑ „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚУРОЛЛИ КУЧЛАРИГА 15 ЙИЛ“ ЭСДАЛИК НИШОНИНИ ТАЪСИС ЭТИШ ТЎҒРИСИДА ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ФАРМОНИ 26.12.2006 й. N ПФ-3837