Kontent qismiga oʻtish

Kelajak bunyodkori medali

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kelajak bunyodkori medali
Mamlakat Oʻzbekiston
Turi Medal
Holati topshiriladi
Statistika
Koʻrsatkichlari 34 mm
Taʼsis sanasi 2017-yil 28-dekabr
Birinchi taqdirlash 2018-yilda
Navbat
Toʻngʻich mukofot Jasorat medali
Kenja mukofot Sodiq xizmatlari uchun medali
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 20-iyul, 2022-yil(2022-07-20) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Kelajak bunyodkori medali — Oʻzbekiston davlat mukofotlaridan biri[1].

  1. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek oʻqishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.
  2. „Kelajak bunyodkori“ medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
  3. Medal bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
  4. Medal bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
  5. Medal bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi va qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
  6. Medal koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
  7. Medal bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning oilasiga topshiriladi.

„Kelajak bunyodkori“ medali dastlab 0,5 mikron qalinlikdagi nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Medalning qalinligi — 2,2 millimetr. Medalning old tomonida, markazda, oq fonda zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti timsoli boʻlgan tinchlik atomining ramziy tasviri, koʻk rangdagi Yer shari, uning meridianlari va parallellari, Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi, shuningdek tayanch ramzi boʻlgan ikki kaft tasviri joylashgan. Medalning yuqori qismida aylana boʻylab yashil rangli lentaga KELAJAK BUNYODKORI degan soʻzlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda boʻlib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi. Medalning pastki qismida aylana boʻylab ikkita zaytun novdasi joylashgan, ularning tutashgan markazida yarimoy va yulduzni oʻz ichiga olgan, chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan koʻk rangli musamman tasvirlangan. Musammanning chap va oʻng tomonlarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi lentalar tasviri aks ettirilgan. Medalning orqa tomonida diametri 21 millimetr boʻlgan Oʻzbekiston davlat gerbi tasvirlangan boʻlib, uning pastki qismida medal raqami 3,5 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Medal shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqacha yordamida tutashtirilgan. Shoyi lentaning oʻrtasidan eni 7 millimetrli oq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa toʻq koʻk rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan, eni 2 millimetrli ikkita sariq rangli yoʻl oʻtgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab eni 4 millimetr boʻlgan koʻk rangli yoʻl oʻtgan. Qadagʻichning boʻyi — 48 millimetr, eni — 46 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga medalni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Taqdirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]