Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash aʼlochisi
Qiyofa
„Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolar | |
Taqdirlash asosi | sogʻliqni saqlash xodimlari hamda aholi sogʻligʻini mustahkamlash ishida oʻzini koʻrsatgan, yetarlicha ish tajribasiga va kasb malakasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shaxslar taqdirlanadilar. | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2006-yil 5-oktabr. |
„Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan sogʻliqni saqlash xodimlari hamda aholi sogʻligʻini mustahkamlash ishida oʻzini koʻrsatgan, yetarlicha ish tajribasiga va kasb malakasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shaxslar mukofotlanadi.[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sariq rangdagi jezdan tayyorlanadi va 34 mm diametrli doiradan iborat boʻladi. Nishonning qalinligi 2 mm.
- Koʻkrak nishonining old tomonida markazda orqadan taralayotgan quyosh nurlarida tibbiyot xodimlarining ramzi — ilon chirmashgan jom tasvirlangan, qoʻyi cheti boʻylab — „SOGʻLIQNI SAQLASH AʼLOCHISI“ yozuvi bitilgan lenta bor.
- Soʻl va oʻng yon tomonlarda — dafna novdasi joylashgan. Yuqori qismida, uchida sakkiz burchakli yulduz joylashgan.
- Koʻkrak nishonining orqa tomonida markazda nishon uning yordamida qaytarma yoqaga mahkamlanadigan toʻgʻnagʻich bor. Tasvir va yozuv — qabariq.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Professor A.M. Shamsiev birinchi darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
- Shavkat Mirziyoyevning sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti — suratlarda
- Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi (Wayback Machine saytida 2023-06-09 sanasida arxivlangan)
- Hamshiralar tibbiyotning yetakchi kuchi