Axborot-kutubxona aʼlochisi
Qiyofa
„Axborot-kutubxona aʼlochisi“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga | |
Taqdirlash asosi | axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda bu yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida taqdirlanadi. | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2020-yil 22-dekabr. |
„Axborot-kutubxona aʼlochisi“ koʻkrak nishoni — axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qoʻshgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targʻib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan hamda bu yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etildi[1][2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Axborot-kutubxona aʼlochisi“ koʻkrak nishoni diametri 34,0 millimetrli doira shaklda boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining chetki qismida aylana boʻlib, och tilla rang fonda 14 ta qizil rangli emal joylashtirilgan.
- Koʻkrak nishonining old yuqori qismida zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq rangdagi emal doira ichida „AXBOROT-KUTUBXONA AʼLOCHISI“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2 millimetr boʻlib, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi tasvirlangan.
- Koʻkrak nishonining markaziy qismida ochiq holda tasvirlangan kitob varaqlari aks ettirilgan. Kitob varaqlarining ikki yon tomonida yashil rangda yaproq tasvirlangan. Kitob varaqlarining markazida Xumo qushining bosh qismi tasvirlangan. Xumo qushining qanotlari kitob tasviri bilan uygʻunlashgan. Xumo qushining orqa tomonidan quyosh nur sochgan tarzda aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
- Koʻkrak nishonining orqa tomonida qavariq aylana markazining birinchi qatorida „AXBOROT-KUTUBXONA“, ikkinchi qatorda „SOHASIDAGI SAMARALI“, uchinchi qatorda „MEHNATLARI UCHUN“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
- Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan boʻlib, qadagʻichning pastki qismida tilla rangida dafna yaproqlari tasviri oʻrnatilgan. Qadagʻichning yuqori qismi uch qirrali qavariq yoysimon koʻrinishida tasvirlangan.
- Qadagʻichning eni — 25 millimetr, boʻyi — 40 millimetr. Qadagʻich eni 20 millimetrli koʻk rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan. Shoyi lentaning oʻrtasidan oq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
- Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari
- Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari
- Oʻzbekiston davlat imtiyozli mukofotlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ “Axborot-kutubxona a’lochisi” koʻkrak nishoni ta'sis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020-yildagi 803-son
- ↑ Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 22.12.2020 й. 803-сон "Ахборот-кутубхона аълочиси" кўкрак нишонини таъсис этиш тўғрисида"ги Қарори