Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faxriy unvon — Oʻzbekiston Respublikasi da fuqarolarning alohida xizmatlarini yuksak eʼtirof etish shakllaridan biri. Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ularni ragbatlantirish maqsadida beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va Faxriy unvonlarini Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti beradi.

Faxriy unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yil 26-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari taʼsis etilgan:[1]

Nishoni Nomi Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi
Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси санъат арбоби
6-iyun 1996
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan „SANʼAT ARBOBI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси фан арбоби
6-iyun 1996
Oʻzbekiston iftixori
oʻzbekcha: Ўзбекистон ифтихори
28-avgust 1998
[2].
Oʻzbekiston xalq artisti
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ артисти
6-iyun 1996
Oʻzbekiston xalq baxshisi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ бахшиси
26-may 2000
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ ёзувчиси
6-iyun 1996
Oʻzbekiston xalq rassomi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ рассоми
6-iyun 1996
Oʻzbekiston xalq ustasi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ устаси
1-may 1998[3].
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925-probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumgʻon, lagan va xontaxta), pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirogʻidan „XALQ USTASI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi[4].
Oʻzbekiston xalq shoiri
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ шоири
6-iyun 1996
Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ ўқитувчиси
6-iyun 1996
Oʻzbekiston xalq hofizi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикаси халқ ҳофизи
6-iyun 1996
Oʻzbekiston kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида коммунал, маиший ва савдо соҳасида хизмат кўрсатган ходим
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган алоқа ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган журналист
6-iyun 1996
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ирригатор
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ихтирочи ва рационализатор
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган иқтисодчи
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган маданият ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган меъмор
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган пахтакор
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan pillachi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган пиллачи
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган саноат ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган соғлиқни сақлаш ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган спорт устози
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган спортчи
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan transport xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган транспорт ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган фуқаро авиацияси ходими
27-dekabr 1996
[5].
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган халқ таълими ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган чорвадор
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган юрист
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган қишлоқ хўжалик ходими
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган қурувчи
6-iyun 1996
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog
oʻzbekcha: Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган геолог
6-iyun 2019
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning yuz tomoni markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida, yurtimizning noyob tabiati va boy resurslarini aks ettiruvchi vodiy, daryo va togʻ choʻqqilari hamda uning yuqori qismida ikkita kesishgan geologik bolgʻa va kompas aks ettirilgan. Nishonning aylanasi boʻylab pastki oʻng qismida dafna novdasi va yuqori qismida „XIZMAT KOʻRSATGAN GEOLOG“ yozuvi joylashgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Qadagʻichning boʻyi 16 millimetr, eni 25 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga nishonni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy unvoni berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi koʻkrak nishoni va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi xujjat topshiriladi. Faxriy unvon bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar. Faxriy unvonlar takroran berilmaydi.