Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni — qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida kaftlar e’zozidagi, ochila boshlagan gul gʻunchasi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO’RSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI” degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.