Kontent qismiga oʻtish

Iskart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iskart — 1) biror narsaning anik, belgilangan meʼyori, oʻlchovi, qolati; mas, temirchilikda oʻtda qizdirilgan pichoq, bolta, tesha va b. asboblarning qizish meʼyori; 2) tikuvchilik, temirchilik va b. kasblarda biron buyumning qogʻoz (karton) yoki tunukadan tayyorlangan andazasi (mas, koʻylak yengi, ketmon, bel va b. andazasi); 3) atlas tanda ipi yuziga gul solish uchun naxlarni livitlarga ajratib, kalava singari qatlab qoʻyilgan joyi. Atlas yuziga tushirilgan gul nusxalari ("yaxudo nusxa", "guli namozshom", "margʻilon mashʼali", "xosiyatxon"va b.) I.da toʻliq bir shakl kasb etadi. Shu jihatdan tushgan naqshlar ham I. deyiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil