Kontent qismiga oʻtish

Islohotchi (reformist) yahudiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islohotchi (Reformist) Yahudiylik - Islohotchi yahudiylik XIX asr boshlarida germaniyalik yahudiylar orasida yuzaga kelgan. Abram Geygir va Moses Mendelson bu harakatning gʻoyaviy quvvatlagan dastlabki shaxslar boʻlganlar. Mendelson (1729—1786) Markaziy Yevropada yashovchi yahudiylarni ular turgan mamlakatning madaniyati bilan assimilyasiya qilishga chaqirgan. Bu reformasiya harakati keyinchalik Amerikaga ko’chgan va Amerika yahudiylari orasida asosiy rivojlanish bosqichini erishgan. Islohotchi yahudiylar bugungi kunda Amerika yahudiylarining 40 %ini tashkil etadi. Isroilda esa ularning soni 5-6 ming atrofida ekani keltiriladi.

Islohotchi yahudiylar „ortodoks“cha fikrlarni oʻzlariga qabul qilmaydilar. 1885-yilda Pittsburg platformasi qarorlarida ortodokscha e’tiqodlarini rad etib, uning oʻrniga quyidagilarni qabul qilganlar: yahudiylik eng ulugʻ Tangri fikrini taqdim qiladi; reformasiya qayta tirilish, jazo va mukofot berilishini inkor qiladi; reformasiya bundan keyin Masihning kelishini kutmaydi; yahudiylarning Falastinga qaytishi tadqiq qilinmaydi; yahudiylar endi bir xalq (millat) emas, bir jamoadir; Isroil, yakkaxudo ta’limotini talqin qiluvchi barcha e’tiqodlarganisbatan sabr-toqatli (betaraf)dir; ijtimoiy adolatni ta’minlash yahudiylarning vazifasidir; qadim yahudiy shariatidan faqatgina modern (zamonaviy) hayot tarziga mos boʻlganlarigina qabul qilinishi mumkin. Yeb ichish, kiyinish, ritual tozalik bilan bogliq diniy asoslar bekor qilinadi; yahudiylik doimiy shaklda rivojlanuvchi bir dindir. Oʻtmish bilan bogʻliqligini saqlab qoladi, lekin endi Tanah bilan Talmud butunlay bogʻlovchi emas; yahudiylik bilan ilm bir-biriga zid emas. Muqaddas kitobdagi moʻjiza hikoyalari va boshqa voqe’a-hodisalar qadimgilarning an’analaridan boshqa narsa emas.Bu asoslar, ba’zi bir e’tirozlar tufayli 1937-yilda qisman oʻzgartirilgan.Bugungi kunda reformist yahudiylik, moslashgan (murosachi) yahudiylik koʻrinishini olganini qayb etish lozim. Yahudiylikka faqatgina madaniy bir fakt sifatida qaraladi. Tanahning ilohiyligi va kundalik hayotdagi ta’siri munozaraga muhtoj. Ular shanba kuni va kasher asoslariga rioya qilmaydilar. Sinagogada ayollar bilan erkaklar yonma-yon oʻtirishiga ruxsat berilgan. Sinagogada ayollar ham xoxom sifatida vazifa olib marosimlarni boshqarishlari mumkin va bu yerlarda bosh kiyim kiyish majburiyati yoʻq. Boshqacha e’tiqodga ega boʻlganlar bilan nikoh, oila qurish e’tirof etiladi. Yahudiylikka e’tiqod qilmoqchi boʻlganlarga nisbatan hech qanday chegara yoʻq. Boshqa din va e’tiqodlarga hurmat qilan qaraladi. Shuningdek ular sinagoga marosimlarini kamaytirishgan va musiqaga alohida joy ajratishgan, Shanba ta’qiqlarining ba’zilarini bekor qilganlar[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 235.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.