Kontent qismiga oʻtish

Islom Azad universiteti (Sheroz)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Islom Azad universiteti
forscha: دانشگاه آزاد اسلامی واحد شیراز, Danushgah-e Âzad-e Eslâmi-ye Vahed-e Shiraz
Shiori Eronning globallashuvga intilishlari
Asos solingan sanasi 1987 (37 yil avval) (1987)
Fakultetlar ~ 300
Talabalari 17000
Manzili
Fors viloyati,
,
Sheroz
,
Eron
Veb-sayti shiraz.iau.ir

Islom Azad universiteti, Sheroz filiali (forscha: دانشگاه آزاد اسلامی واحد شیراز, Danushgah-e Âzad-e Eslâmi-ye Vahed-e Shiraz) – Eronning Sheroz shahrida joylashgan xususiy universitet. Bu Erondagi Islom Azad Universitetlari deb nomlangan xususiy universitetlar tarmogʻining bir qismi hisoblanadi. Sheroz Islom Azad universiteti 290 dan ortiq professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari, 82.000 kvadrat metr oʻquv maydoni, 7.500 kvadrat metrlik boshqaruv maydoni, 15.200 kvadrat metrlik sport maydoniga ega. U Eronning janubiy mintaqasidagi eng yirik xususiy universitetdir[1].

Islom Azad universitetining bosh qarorgohi Eronning Tehron shahrida joylashgan. Islom Azad universiteti 1982-yilda tashkil etilgan va hozirda 1,7 million talaba, 30 000 bitiruvchi va 35 000 nafar maʼmuriyat ishchilaridan tarkib topgan[2][3]. Islom Azad universiteti tashkil etilganidan beri 3,5 milliondan ortiq talaba uni tamomlagan[4]. Islom Azad universitetining umumiy maydoni 16 million kvadrat metrni tashkil etadi[4] va Eron boʻylab hamda dunyoning boshqa mamlakatlarida 440 dan ortiq filiallari mavjud[2]. Shuningdek, uning BAA, Buyuk Britaniya, Tanzaniya, Livan, Afgʻoniston va Armanistonda xalqaro filiallari va universitetlari mavjud. Yaqin kelajakda Malayziya, Kanada va Tojikistonda koʻproq filiallar kampuslarini tashkil etilishi rejalashtirmoqda[5].

Koʻp yillar davomida universitet 20 dan 25 milliard dollargacha baholangan aktivlarni oʻzida toʻplagan[3]. Universitetning umumiy maydoni 20 million kvadrat metr ekani aytilgan[2]. Ushbu universitetni shu kungacha 4 millionga yaqin talaba tamomlagan[2], bu koʻplab odamlarga oliy maʼlumot olish va yaxshi ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaratish imkonini beradi. Soʻnggi yillarda Islom Azad universitetida magistratura yoʻnalishini kengaytirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Islom Azad universitetida 200 000 ga yaqin magistratura talabalari va 20 000 ga yaqin PhD darajasidagi talabalar tahsil oladi[1].

Universitet tizimida ANA ga oʻxshash „Azad News Agency“ deb nomlangan axborot agentligi ham faoliyat olib boradi[6]. Islom Azad universiteti faoliyati butun mamlakat boʻylab tez sur’atlar bilan kengayib borgan, shu sababli bugungi kunda har yili minglab talabalar oʻqishga qabul qilinmoqda. Oʻquv muassasasi hukumat mablagʻlariga tayanmasdan, xayriya ehsonlar va oʻqish uchun toʻlovlar hisobiga oʻz budjetini qoplaydi[3].

Islom Azad universiteti shuningdek, butun mamlakat boʻylab 617 ta maktabni boshqaradi. Mazkur maktablar SAMA (forscha: سما) deb nomlanadi[2].

Ushbu universitet tomonidan berilgan darajalar va sertifikatlar Fan va Oliy taʼlim vazirligi tomonidan tan olingan[7]. Islom Azad universitetining turli boʻlimlarida aspirantura darajasida oʻqishlik taklif qilinadi.

Sheroz Islom Azad universiteti 1987-yilda tashkil etilgan va Eron janubidagi eng yirik xususiy universitet hisoblanadi[1]. Sheroz Islom Azad universiteti birinchi boʻlib koʻplab yangi va turli darajalarda oʻqishlikni taklif qilgan. Ushbu universitet Eronning janubiy qismida sanoat muhandisligi boʻyicha ilmiy daraja olishlik kurslarini taqdim etgan birinchi universitet boʻlgan. Universitetning Sanʼat va arxitektura fakulteti Sherozdagi boshqa universitetlar orasida birinchi boʻlib arxitektura, musiqa va teatrshunoslik yoʻnalishi boʻyicha diplom bergan[8]. Islom Azad universiteti turli zonalarga boʻlingan. Sheroz filiali birinchi zonada (forscha: منطقه یک) joylashgan[9].

Sheroz Islom Azad universiteti 2011-yilda keng qamrovli universitet deb topilgan[10]. Ushbu universitetda 290 dan ortiq professor-oʻqituvchilar va akademik xodimlar faoliyat yuritadi. Inshoot 82,000 kvadrat metrlik oʻquv maydoni, 7,500 kvadrat metrlik maʼmuriyat maydoni, 15,200 kvadrat metrlik sport maydoniga ega[10]. Ayni paytda mazkur universitetda turli taʼlim yoʻnalishlari va darajalari boʻyicha 17 ming talaba tahsil olmoqda[10]. Ushbu universitetda taqdim etilgan darajalarga quyidagilar kiradi[11]:

  • Dotsent (2 yil)
  • Bakalavriat (3, 4 yoki 5 yil)
  • Magistratura (2 yoki 3 yil)
  • Doktorlik darajasi (4 yoki 5 yil)

Sheroz Islom Azad universitetining Sheroz va qoʻshni Sadra (forscha: شهر صدرا) shahrida toʻrtta yirik kampusi bor. Sanʼat va arxitektura fakulteti shaharning tarixiy qismida joylashgan. Qolgan uchta kampus Sherozdan 30 kilometr shimoli-gʻarbda, yangi qurilgan Sadra shahrida bunyod etilgan[12].

Yangi qurilgan Pardis kampusi qariyb 158 gektarni tashkil etadi[1]. Mazkur kampusda muhandislik, iqtisod va boshqaruv, qishloq xoʻjaligi va kimyo fakultetlari faoliyat yuritadi.

Kollejlar va fakultetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejlar turli fanlardan akademiklar va talabalarni oʻzida birlashtiradi. Universitetning har bir fakulteti yoki boʻlimida turli xil kollejlarning akademiklarini uchratish mumkin[12].

  • Sanʼat va arxitektura fakulteti[13]
    • Arxitektura kafedrasi
    • Rassomlik boʻlimi
    • Musiqa kafedrasi
    • Teatr va spektakllar kafedrasi
  • Muhandislik fakulteti[14]
    • Sanoat muhandisligi kafedrasi
    • Mashinasozlik fakulteti
    • Qurilish fakulteti
    • Kompyuter injiniringi kafedrasi
    • Polimer muhandisligi kafedrasi
    • Metallurgiya muhandisligi kafedrasi
    • Neft muhandisligi kafedrasi
  • Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti[15]
    • Sanoat menejmenti kafedrasi
    • Marketing menejmenti kafedrasi
    • Sugʻurta menejmenti boʻlimi
    • Taʼlim boshqaruvi kafedrasi
    • Rivojlanish va rejalashtirish boshqarmasi
    • Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi
    • Marketing iqtisodiyoti kafedrasi
    • Iqtisodiyot fanlari kafedrasi
    • Buxgalteriya hisobi boʻlimi
  • Stomatologiya fakulteti[16]
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti[17]
    • Huquq fakulteti
    • Fors adabiyoti boʻlimi
    • Arab adabiyoti kafedrasi
    • Ingliz tili kafedrasi
    • Siyosatshunoslik kafedrasi
    • Falsafa kafedrasi
  • Fanlar fakulteti[18]
    • Fizika kafedrasi
    • Geografiya kafedrasi
    • Kimyo kafedrasi
    • Yengil atletika kafedrasi
  • Qishloq xoʻjaligi muhandisligi fakulteti[19]
    • Suv muhandisligi kafedrasi
    • Tuproq fanlari kafedrasi
    • Oʻsimlik kasalliklari kafedrasi
    • Bogʻdorchilik fanlari boʻlimi

Talabalar tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda bir qancha talaba tashkilotlari faoliyat yuritadi. Bu tashkilotlar asosan akademik faoliyatga katta eʼtibor qaratadi, baʼzilari esa siyosiy va ijtimoiy masalalarga ham qiziqadi va ularda faollik koʻrsatadi[12].

Xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheroz Islom Azad universitetida Xalqaro almashinuv dasturlari boʻlimi talabalar va professor-oʻqituvchilarga almashinuv imkoniyatlarini taqdim etish, jumladan, ularni boshqa universitet filiallariga yuborish va mehmon professorlarni qabul qilish, professor-oʻqituvchilarga xalqaro oʻquv safarlarini tashkil qilishda yordam berish, dunyo universitetlari bilan almashinuv shartnomalarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Universitet bir qancha xalqaro universitetlar, jumladan Tokio chet tillar universiteti bilan akademik hamkorlikni rivojlantirgan[20].

Oʻquv yili universitet va oliy taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan uchta oʻquv davriga boʻlinadi. Birinchi akademik davr odatda 23-sentyabrda boshlanadi. Ikkinchi Akademik davr 11-fevralda, yozgi davr esa 10-iyuldan boshlanadi[12].

Xalqaro ingliz tili test tizimi (IELTS)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yildan boshlab Sheroz Islom Azad universiteti Eron janubidagi IDP IELTS Australia uchun rasmiy test markaziga aylangan[21][22].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „شرکت عمران شهر جدید صدرا - شرکت عمران شهر جدید صدرا“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „دانشگاه آزاد اسلامی“. 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Archived copy“. 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  4. 4,0 4,1 „دانشگاه آزاد اسلامی شیراز“. 2012-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  5. „جاسبي خبر داد: تاسيس 4 واحد دانشگاه آزاد در خارج از كشور“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-may.
  6. „خبرگزاری آنا“. ana.ir. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
  7. „Archived copy“. 2012-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  8. „هورنو“. هورنو. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
  9. „Iau1 - How to do SEO?“. 2016-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  10. 10,0 10,1 10,2 „دانشگاه آزاد اسلامی شیراز جامع شد | دانشگاه آزاد اسلامی“. موتور جستجوی قطره. 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
  11. „Islamic Azad University, Shiraz | Ranking & Review“.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 „Archived copy“. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  13. „دانشکده هنر و معماری“.
  14. „دانشکده مهندسی“.
  15. „دانشکده اقتصاد ومدیریت“. 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  16. „دانشکده دندانپزشکی“. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  17. „دانشکده حقوق و علوم انسانی“. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  18. „دانشكده علوم پايه“. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  19. „دانشکده کشاورزی جدید“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  20. „Students from the Islamic Azad University, Shiraz Branch, Visit TUFS | List of Topics & News | Tokyo University of Foreign Studies“. 2012-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-may.
  21. „آژانس خبری شیراز | شیرازنا » دانشگاه آزاد شیراز مرکز آزمون آیلتس در جنوب کشور شد“. 2012-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-may.
  22. „صفحه اصلی - صدا و سیمای فارس“. 2013-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.