Islom Usmonov
Qiyofa
Islom Usmonov | |
---|---|
Tavalludi |
1922 Toshkent viloyati, |
Vafoti |
13-Yanvar 1944-yil Zaporojye] |
Xizmatdagi yillari | 1942 — 1944 |
Unvoni |
Kichik Serjant |
Harbiy qism | 1118-oʻqchi polki |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi† |
Mukofotlari | Sovet Ittifoqi Qahramoni |
Islom Usmonov [1922, Toshkent viloyati, Kalinin tumani (hozirgi Toshkent shahri, Chilonzor tumani hududi) — 1944.13.1, Zaporojye] —Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1942-yildan frontda. 1118-oʻqchi polki (3-Ukraina fronti, 6-armiyaning 333-oʻqchi diviziyasi) boʻlinma komandiri. 1943-yil 26 noyabrga oʻtar kechasi birinchilardan boʻlib, Dneprning oʻng qirgʻogʻiga oʻtgan. Zaporojye viloyatidagi Kanavskoye qishlogʻi uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1944-yil 2 fevralda (vafotidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi u yashagan mahallada byusti oʻrnatilgan hamda koʻchalardan biriga nomi qoʻyilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |