Kontent qismiga oʻtish

Islom hamkorlik tashkiloti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Islom hamkorlik tashkiloti - (Organization of Islamis Cooperation) (OIC) - hukumatlararoxalqarotashkilot (2011-yil 28-iyungacha Islomkonferensiyasitashkiloti deb nomlangan).
IHT bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan. IHT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik bo'yicha doimiy qo‘mita faoliyat ko‘rsatadi. 1975-yildan IQTga BMT huzurida kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan.
1969-yil Rabot shahrida (Marokash) asos solingan. Tashkilotga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari 3-konferensiyasida (1973 y., Jidda sh., SaudiyaArabistoni) IHT ustavi qabul qilingan. 2008-yil 13-14 martdaDakarda (Senegal) bo‘libo‘tgantashkilotning 11-sammitida ustav yangitdan qabul qilingan.
IHT 2008yilda Dakarda qabul qilingan ustav asosida ish olib boradi.
IHTning rahbar organlari davlat va hukumat boshliqlari Konferensiyasi va tashqi ishlar vazirlarining Konferensiyasi va bosh kotibi rahbarligidagi kotibiyatdir.
A’zo mamlakatlar rahbarlarining sammiti har uch yilda bir bor tashkil qilinadi va u tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishini belgilaydi. A’zo davlatlarning tashqi ishlari vazirlari konferensiyasi esa har yili yoki zaruratga qarab o‘tkaziladi.
Tashkilotning oliy organi Bosh kotib tomonidan boshqariladigan Bosh kotibiyat hisoblanadi. Bosh kotib a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bosh kotibning 4 ta o‘rinbosari bo‘lib, ular siyosiy masalalar, fan va texnologiyalar bo'yicha, iqtisodiy masalalar va ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha faoliyat olib borishadi.
Tashkilot huzurida quyidagi mustaqil tashkilotlar mavjud:
Islom taraqqiyot banki, Islom yangiliklar agentligi, Islom teleradio eshittirishlar uyushmasi, Iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasi, Islom taraqqiyot fondi, Islom adolat sudi, Islom poytaxtlari uyushmasi, Ilmiy-texnikaviy rivojlanish islom fondi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti va hakazo.
IHT o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni asosiy maqsad sifatida belgilab olgan: • a’zo davlatlar o‘rtasida islom birdamligini rag‘batlantirish;
• iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash;
• irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish;
• tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgilash;
•Falastin arab xalqining o‘z huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qo‘llab-quvvatlash kabilardan iborat.
Dastlabki davrda tashkilot Afrika va Osiyodagi 25 davlatni o‘zida birlashtirgan bo‘lsa, hozirda IHT tarkibida jami 57 davlat, (jumladan, O'zbekiston ham) shuningdek, Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) mavjud. Bosniyava Gersegovina, Markaziy Afrika respublikasi, Rossiya Federasiyasi, shuningdek, Filippin milliy ozodlik harakati tashkilotda kuzatuvchilik maqomiga ega.
IHTning xalqaro maydondagi nufuzi yuqori bo‘lib, BMT huzuridagi maslahat beruvchi va hamkor tashkilot hisoblanadi.
Islom hamkorlik tashkilotining tashqi ishlar vazirlarining 1995-yilning oktyabrida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari majlisida O'zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomi berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning maktubiga asosan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining 1996-yil 2-oktyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan navbatdagi muvofiqlashtirish majlisida O'zbekiston tashkilotning to‘la huquqli a’zosi etib qabul qilindi[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 231.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.