Islom tadqiqotlari instituti (Pokiston)
Islomoboddagi Islom tadqiqotlari instituti 1960-yilda tashkil etilgan. Institut 1980-yilgacha Pokistonning turli vazirliklari ma’muriy nazorati ostida faoliyat yuritgan. 1980-yildan boshlab Islomoboddagi Islom universiteti tarkibiga biriktirilgan[1][2][3][4].
Institutining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Universitet ilmiy kengashi tomonidan belgilangan sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- Islom ta’limotini zamonaviy dunyoning intellektual va ilmiy taraqqiyoti kontekstida oʻrganish;
- Turli monografiyalar, kitoblar, tadqiqot jurnallari va boshqa tadqiqot materiallarini nashr etish;
- Musulmon jamiyati oldida turgan muammolarni aniqlash uchun tadqiqot guruhlarini tayinlash;
- Ilmiy seminar, konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish[3] .
Institut tarkibida quyidagi taqiqot boʻlimlari mavjud:
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Qur’onshunoslik boʻlimi
3. Fiqh va huquq boʻlimi
4. Islom tafakkuri boʻlimi
5. Zamonaviy musulmon ummati boʻlimi
Institutining alohida nashriyoti mavjud boʻlib, u yerda hozirgacha ingliz, arab va urdu tillarida 140 dan ortiq ilmiy kitob, monografiya va tarjima asarlar nashr qilingan. Islom tadqiqotlari instituti uchta davriy nashrga ega. Bular: “Fikr-o Nazar[5]” (urdu tilida) “Islamic Studies[6]” (ingliz tilida) “ad-Dirosa al-islomiya” (arab tilida) jurnallaridir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Recognized Universities and Degree Awarding Institutions in Pakistan“. Higher Education Commission of Pakistan website. 2013-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Islamic Research Institute | UIA Yearbook Profile | Union of International Associations“. Union of International Associations (uia.org) website.
- ↑ 3,0 3,1 „Islamic Research Institute, International Islamic University, Islamabad“. JSTOR.
- ↑ „IRI Foundation Day – International Islamic University“.
- ↑ „ISSN 2518-9948 (Online) | Fikr o naẓar | the ISSN Portal“.
- ↑ „Islamic Studies“. JSTOR.