Kontent qismiga oʻtish

Islomiy tadqiqotlar va fatvo doimiy qoʻmitasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Islomiy tadqiqot va fatvo doimiy qo'mitasi
Joylashuvi Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoni

Islomiy tadqiqotlar va fatvo doimiy qoʻmitasi (arabcha: اللجنة الدائمة للبحوث العلمية والإفتاء) – Saudiya Arabistoni qiroli tomonidan tashkil qilingan Islomiy tashkilot. Islomiy huquqshunoslikga (Fiqh) doir qarorlar va ilmiy ishlarni Katta ulamolar kengashi uchun taqdim qiladi. Tashkilot Katta ulamolar kengashining qoʻmitasi boʻlib, uning aʼzolari Katta ulamolar kengashi aʼzolaridan tashkil topgan, va ular Saudiya Arabistonining eng kuchli sunniy ulamolari hisoblanadi, va Saudiya Arabistoni Muftiysi bu qoʻmitaga rahbarlik qiladi. Fatvo chiqarish huquqi Saudiya Arabistonida faqat Katta ulamolar kengashi aʼzolariga, hamda kam sonli boshqa ulamolarga tegishli.

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻmita 29-avgust 1971-yilda (8-Rajab 1391-yil AH) Saudiya Arabistonining Qiroli Faysal ibn Abdulaziz as-Saud tomonidan shohlik farmoni ila Katta ulamolar kengashi bilan birgalikda tashkil etilgan. Qonunning toʻrtinchi qismiga koʻra:

"Ushbu Doimiy qoʻmitaga Katta ulamolar kengashi aʼzolaridan oʻzlari uchun aʼzo tanlash vazifasi qoʻyilgan. Uning maqsadi Katta ulamolar kengashi orasida muhokama uchun ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash va individual masalalar boʻyicha fatvo chiqarishdir. Bu aqida, ibodat va ijtimoiy masalalar boʻyicha fatvo izlayotgan jamoatchilikka javob berish orqali amalga oshiriladi. Bu tashkilot Islomiy tadqiqotlar va fatvo doimiy qoʻmitasi (al-Lajnah ad-Daaʼimah lil-Buhooth al-'Ilmiyyah wal-Iftaa) deb nomlanadi".

Muayyan mavzu boʻyicha fatvo soʻrash uchun Doimiy qoʻmitaga yozish imkoniyati mavjud. Tashkil topishi vaqtidan buyon Doimiy qoʻmita nafaqat Saudiya Arabistoni, balki boshqa koʻplab mamlakatlardagi musulmonlarga hadis, ibodat va aqida masalalarini oʻz ichiga olgan turli masalalar boʻyicha javob berib kelmoqda.

Oʻz fatvolarida Doimiy qoʻmita puxtalik bilan Islom dinining uchta manbasidan olingan dalillardan keltirib chiqarishadi: Qur’on, Sunnat va Muhammad paygʻambarning sahobalarini gaplari. Fatvo yozuvchilar odatda bir masalaga oid barcha Islomiy nuqtai nazarlarni keltirib berishadi va keyin dalillarga asoslanib eng toʻgʻri qarorni taqdim qilishadi. Qoʻmita tomonidan chiqarilgan fatvolar 32 jildli kitob shaklida yigʻilgan[1].

2010-yilda Saudiya Qiroli Abdulloh buyrugʻi tomonidan Saudiya Arabistonida faqat rasmiy ravishda tasdiqlangan diniy olimlarga fatvolar chiqarish ruxsati berilishini, yaʼni bularga mamlakatning eng yuqori diniy organi boʻlgan 21 ta aʼzolik Katta ulamolar kengashi va Doimiy qoʻmitaning (toʻrt yoki besh) aʼzolari kiradi. Doimiy qoʻmitaning tarkibiga kiruvchi, va Shayx Saleh bin Muhammad al-Luhaidan boshchiligidagi yangi qoʻmita Katta ulamolar kengashi tomonidan tashkil qilinadi, va uning vazifalari fatvolar chiqarishni nazorat qilish hamda vakolati boʻlmagan olimlarning fatvo berishini oldini olish etib tayinlanadi. Barcha imomlar va daʼvatchilar Islom Ishlari Vazirligi tomonidan buyrugʻga rioya qilish va juma namozi xutbalarida tushuntirish ishlarini olib borish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq beriladi va qonunbuzarlar ustidan choralar koʻriladi.

2014-yilning boshidan boshlab qoʻmita aʼzolari quyidagilardir[2]

  • Shayx Abdul-Aziz ibn Abdullah Al Shayx (Qoʻmita boshligʻi hamda Saudiya Arabistoni Bosh Muftiysi)
  • Shayx Saleh Al-Fawzan
  • Shayx Abdullaah Ibn Munee
  • Abd al-Aziz ibn Baz (Saudiya Arabistoning sobiq Bosh Muftiysi)
  • Muhammad ibn Ibrohim Al ash-Sheyx (Saudiya Arabistoning sobiq Bosh Muftiysi)
  • Abdullah al-Ghudayyan
  • Abdullah ibn Jibreen
  • Bakr Abu Zayd
  • Abdullaah ibn Hasan al-Qoʻood
  1. Majmu Al Fatawa Al Lajnah Ad Da'imah. 
  2. „Islomiy Tadqiqot va Fatvo Doimiy Qo'mitasi“. 14-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2024-yil.