Kontent qismiga oʻtish

Islomxoʻja yozgi qarorgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Xo'ja yozgi qarorgohi
Joylashuv Xiva shahri, Xorazm,
Turi Madaniy-me'ros obyekti
Ochilish sanasi XIX asr
Xarita

"Islom Xoʻja" yozgi qarorgohi – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. XIX asrda qurilgan. Obyekt Xorazm viloyati Xiva shahrining Shayxlar fuqarolar yigʻinida joylashgan[1]. Obyekt davlat mulki hisoblanib, Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli "Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq Islom Xoʻja yozgi qarorgohi ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar sirasiga kiritildi[2].

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-2022 yillarda Xorazm viloyatining Xiva shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 2019-yil 16-avgustdagi 673-sonli qaroriga muvofiq 2 000 mln soʻm mablagʻ ajratildi[3]. 2022-yil davomida 34 ta madaniy meros obyektlarini qaytadan taʼmirlash va tiklash uchun 75 mlrd soʻm ajratildi. Xususan, joriy yilgi roʻyxatga koʻra, koʻplab tanqidlarga sabab boʻlgan Bahodir Yalangtoʻshbiy madrasasi, Talipoch qalʼa qoldiqlari, „Ulugʻbek“ madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Koʻk gumbaz, Oq Saroy, Islom Xoʻja yozgi qarorgohi, Chodra hovli kabi obyektlarda restavratsiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu obyektlar qatoriga Islom Xoʻja yozgi qarorgohi ham bor edi.[4] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 2021-yil 14-iyundagi qaroriga muvofiq Islomxoʻja yozgi qarorgohini qayta tamirlash ishlari olib borildi[5].