Kontent qismiga oʻtish

Leyla İsmayılova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ismailova Leyla Rizvanovnadan yoʻnaltirildi)
Ismailova Leyla Rizvanovna
Leila Ismailava
Tavalludi
IsmailovaLeyla Rizvanovna

1989-yil 28-avgust
SSSR, Minsk
Fuqaroligi Belarus fuqorosi
Kasbi Jurnalist
Otasi Rizvon Ismoilovich
Onasi Galina Ivanovna
Veb-sayti http://leila.tv/

Leyla Rizvanovna Ismailova (belaruscha: Лейла́ Рызва́наўна Ісмаілава, ozarbayjoncha: Leyla Rizvan qızı İsmayılova)- belaruslik(asli Ozarbayjonlik) jurnalist, teleboshlovchi va model. U birinchi marta 2010-yilgi "Junior Yevrovision" qo'shiq tanlovida boshlovchi sifatida ishtirok etganidan keyin mashhur bo'ldi. U "Yevrovideniya 2011" qo'shiq tanlovida Belarus nomidan ovoz berdi va Belorussiyada bo'lgan "Evrovidenie 2012" qo'shiq tanlovi mezbon sifatida boshlovchilik qildi.

Bolaligi va oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismailova Leyla Rizvanovna Rizvan Ismoilov va asli Minsk shahridan bo'lgan Galina Ruzentsova oilasida Agdam (Ozarbayjon) shahrida tug'ilgan. Qizlari tug'ilgandan bir oy o'tgach, oila Bokuga ko'chib o'tdi.

Leylaning otasi Agdamdagi neft bazasi direktori bo'lib ishlagan va Armaniston-Ozarbayjon qurolli to'qnashuviga qaramay, u urushning oxirgi kunlarigacha shaharni tark etmagan[1]. Otasi Leyla 3 yoshida armanlar tomondan uyushtirilgan hujumda o'qqa tegishi natijasida vafot etgan. Leyla onasi, ukasi Baxram va opasi Esmira bilan Minskka ko'chib o'tishadi[2].

Leyla o'zining birinchi ijodiy jurnalistikaga oid materiallarini 15 yoshida nashr etgan. Uning soʻzlariga koʻra, u jurnalistikani kasbini tanlagani uchun katta opasi Esmiradan minnatdor.

Bolaligimda opamning xonasida uning ishini tomosha qilishni yaxshi ko'rardim. O'sha paytlari opam yozuv mashinkasida matnlarni terardi. Uning barmoqlari harf tugmalari ustida tez harakatlanardi, stol chirog'ining yorug'ligi faqat uning yuzini yoritardi va uning ko'zlaridan ko'plab ma'nolarni ko'rish mumkin edi. Negadir shunday holatni koʻrib, men ham jurnalist boʻlishga qaror qildim. Bu kasb menga fikr va gʻoyalardan iborat oʻz dunyoyimni qurish imkoniyatini beradigandek tuyuldi va shunday bo'ldi. Albatta, hafsala pir bo'lgan davr ham bo'ldi, chunki 15 yoshimda (bu yoshda men jurnalistikiga oid ijodiy materiallar chop eta boshlaganman) olamga atirgul rangli ko'zoynak orqali qaradim. Bu og'ir edi. Ammo endi, yetti yildan so'ng, men jurnalistika fakultetiga bekorga o'qishga kirganim yo'qligini anglab yetdim.[3].

Leylaning onasi gimnaziyada rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi edi. Esmirning opasi jurnalist, iqtisodchi va yozuvchi bo'lgan. Ozarbayjonning Belarusdagi elchixonasida, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturining Minskdagi vakolatxonasida ishlagan. Ukasi Baxrom hozirda universitetda oʻqiydi.

Ta'lim olishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leyla televideniyedagi faoliyatini 2010-yilda Minskda bo'lib o'tgan VIII "Junior Yevrovision" qo'shiq tanloviga boshlovchilar roli uchun o'tkazilgan tanlovda yutib chiqqan. O'sha paytda u Belorussiya davlat universitetining Jurnalistika instituti talabasi bo'lib, Yevropa Ittifoqining "Erasmus Mundus" stipendiya dasturi bo'yicha Gretsiyada,(Salonikida, Markaziy Makedoniya)gi Aristotel nomidagi universitetda tahsil olgan.

Asosiy teledasturlar ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Foto: Rodelio Astudillo.

Kliplarda, seriallarda ishtirok etishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Modellik faoliyatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yutuq va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • "Miss Minsk" tanlovida "Miss Press" unvoni, 2009-yil[5].
  • "Televershina" milliy mukofoti 2011, Belarus, "Eng yaxshi musiqa va ko'ngilochar dasturlar boshlovchisi" nominatsiyasida[5].

Qiziq faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2011-yildagi TV Tops oqshomi uchun Leyla fransuz Naf Naf kompaniyasining yangi kolleksiyasidan havodor libosni tanladi. Leyla kiyim-kechak uchun 1,5 million Belarus rublini to'ladi[13]. O'sha paytda u Belorussiya davlat universitetining Jurnalistika institutida tahsil olayotgan edi. Shuning uchun, u ushbu libos uchun uzoq vaqt davomida stipendiya[13]sidan pul yig'ishiga to'g'ri kelgan edi.
  1. „Эсмира Исмаилова, писатель и переводчик: «Я родилась азербайджанкой, ею и остаюсь» // Азербайджанские Известия. 2011. 18 июня.“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
  2. Корбут В. Лейла Исмаилова: Хочу покорить Голливуд // СБ. Беларусь сегодня. 2011. 21 января.
  3. домой // Azərbaycan qadını.[sayt ishlamaydi]
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Лучшие выпускники БГУ — 2011 // БГУ.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 5,8 „Одесенко, К. Лейла Исмаилова: «Я всегда хотела быть актрисой, но мне никогда не хватало смелости признаться в этом» // Народная воля. 2012. 24 августа.“. 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  6. Я больше привязана к Азербайджану — блондинка Лейла Исмаилова, или просто Одри Хепберн // trend.az. 2010. 23 сентября.
  7. Когда я в первый раз проснулась под кукареканье петухов — Лейла Исмаилова // trend.az. 2011. 3 июня.
  8. Vinsent. Восеньскі вальс // youtube.com. (belor.)
  9. The Maneken. Обратный билет // youtube.com.
  10. Джей — Совершенно Летняя // youtube.com.
  11. Хорошие люди (пилотный ролик) // youtube.com.
  12. Shooting Los Angeles Caroline Monick Collection 2012 // youtube.com. (ingl.)
  13. 13,0 13,1 Ганевич, О. Сколько стоили наряды звезд на «Телевершине» // Комсомольская правда. 2011. 18 мая.