Ismoil Saifnazarov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ismoil Saifnazarov - Falsafa fanlari doktori (1992), professor(1994).
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoil Saifnazarov 1948 - yil Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida tavallud topgan.
1971 - yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti) falsafa ixtisosligi boʻyicha tugatib, Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi TDIU) “Falsafa” kafedrasi assistenti lavozimida ish boshlagan.
Katta oʻqituvchi, dotsent, professor va kafedra mudiri (1990-1993; 1998-2010) institut yoshlar qoʻmitasi kotibi (1976-1979), Xorijiy talabalar dekani (1979-1985), institut partiya qoʻmitasi kotibi (1985-1990), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Respublika iqtisodiyot litseyi birinchi direktori (1993-1997), TDIU maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha birinchi prorektori (1997-2001), TDIU Birlashgan kasaba uyushmasi raisi (2002-2005) boʻlgan
2015 - yil 12 - yanvardan boshlab TDIU “falsafa” kafedrasi professori lavozimida mehnat qilmoqda.
Ijtimoiy-siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliy Majlis Qonunchilik palatasi AKT masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (2005-2008), Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari (2008-2012), AKT qoʻmitasi aʼzosi (2013-2015) lavozimlarida ishlagan.
U ikki chaqiriq (2005-2009, 2010-2015) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Oʻzbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi hamda partiya fraksiyasi rahbari (2008-2013) boʻlgan.
I.Saifnazarov ijtimoiy–siyosiy faoliyatining bosh mezoni - mavjud ijtimoiy ahloqiy qiyinchiliklarga qaramasdan, mehnat jamoalaridagi ulkan islohotlarni izchil davom ettirish va xususiy tadbirkorlikka yanada keng yoʻl ochib berish hisobidan mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga koʻmaklashishdan iborat.
Ilmiy –pedagogik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]I.Saifnazarov 1983 - yili nomzodlik, 1992 - yilda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1985 - yilda dotsentlik, 1994 - yilda professorlik ilmiy unvonini olgan.
1983 - yilda “Shaxsning har tomonlama rivojlanishida ishlab chiqarish jamoalarining roli”. («Роль производственного коллектива во всестороннем развитии личности») mavzuida tayyorlagan dissertatsiya ishi uchun falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.
Nomzodlik dissertatsiya ishi boʻyicha ilmiy rahbar- falsafa fanlari doktori, professor Abdushukurov Telman Rustamovich boʻlgan.
1992 - yilda falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga “Zamonaviy mehnat jamoalarining ijtimoiy ahloqiy mohiyati”, (Социально-нравственная сущность современного трудового коллектива) mavzuidagi dissertatsiya ishi uchun erishgan.
Professor I. Saifnazarov muallifligi va rahbarligida: “Filosofiya” (rus tilida), “Ilmiy ijod metodologiyasi” (oʻzbek va rus tillarida), “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va “Fanning falsafiy masalalari ” (oʻzbek va rus tillarida), “Menejment asoslari” (oʻzbek va rus tillarida) kabi oʻquv qoʻllanmalari nashr etilgan.
Professor I. Saifnazarov Ijtimoiy falsafa , maʼnaviyat, siyosiy madaniyat, jamiyat axborotlashuvi, boshqaruv va fan metodologiyasi sohalarida ilmiy faoliyat olib boradi. 200 dan ortiq monografiya, risola, ilmiy maqola, tezis, oʻquv-uslubiy ishlanmalar muallifi.
Xorijiy ilmiy safarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997 - yili AQSh
, 1998 - yili Malayziyaning
va 2001 - yil Janubiy Koreyaning Xose universitetida xalqaro loyihalarda ishtirok etgan va malaka oshirgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzMU. - rasmiy sayti
- TDIU - rasmiy sayti
- Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси расмий сайти - http://www.parliament.gov.uz/
- Ўзбекистон "Адолат" социал-демократик партияси расмий веб-сайти - http://www.adolat.uz/