Ismoil naychi
Qiyofa
Ismoil naychi (1847-Qoʻqon-1904) — xalq sozandasi (nay). Oʻzbek, tojik, uygʻur va b. qardosh xalqlar orasida Ismoil ustod, Ismoil kusa nomlari bilan mashhur boʻlgan. I. N. qashshoq qayot kechirgan, uning bu faqirona hayoti Muqimiyning "Koʻsamen" radifli sheʼrlarida oʻz ifodasini topgan. Bayot, Chorgoh, Ushshoq, Suvora singari mumtoz kuylarni nayda oʻziga xos uslubda ijro etgan. Sozandalik maho-ratini Sharqiy Turkiston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiya va b. mamlakatlarda namoyish qilgan. I. N.ning boy ijro uslubi xususiyatlari oʻgʻli — Oʻzbekiston xalq artista Abduqodir Naychi va nevarasi — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ishokjon Qodirov ijrosida uz aksini topgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |