Isoxon eshon
Isoxon Eshon | |
---|---|
Isoxon Eshon Mansurxonov | |
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1885-yil Samarqand yaqinidagi Dahbed qishlogʻi |
Vafoti | 1932-yil |
Isoxon Eshon Mansurxonov (Isoxon Eshon, Eshon Isoxon) — (1885—1932) — Buxorodagi yirik din arboblaridan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining piri va asosiy oʻrinbosarlaridan biri.
Qoʻrboshilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isoxon Eshon 1885-yil Samarqand yaqinidagi Dahbed qishlogʻida tavallud topgan. Uning kelib chiqishi oʻzbek laqalari urugʻining bardaqli shaxobchasidan boʻlgan. Dastlab madrasada tahsil olgach, muridlariga huzuruga koʻchib, Hisor yaqinidagi Qorayogʻoch qishlogʻida yashay boshlagan. Uning Sharqiy Buxoroda koʻplab muridlari boʻlgan. Isoxon Eshon Mansurxonov Ibrohimbekning piri sifatida harbiy harakatlarda faol ishtirok etgan. Isoxon Eshon 25 yoshida Buxoro amiri tomonidan mingboshi lavozimiga tayinlangan va armiyada bir yil xizmat qilgan. 1931-yil 15-yil Isoxon Eshon Toshkentda borgan. Isoxon Eshon ajdodlari eshon boʻlib, u maʼlumotli va yozishni bilgan. 1922-yilda u bolsheviklarga qarshi oʻzining guruhini tuzadi va ularga qarshi harbiy harakatlar olib boradi. 1923-yil Ibrohimbekning topshirigʻi bilan Isoxon Eshon Regar, Hisor, Qoratogʻ va Surxon vohasida faoliyat olib boruvchi qoʻrboshilar guruhi Rahmon Dodxoh, Oʻtanbek, Temurbek va Hurrambek guruhlarni kuchaytirish toʻgʻrisidagi farmon bilan bilan joʻnatilganda, chekistlar tomonidan Bobotogʻda qamoqqa olingan. Dushanbe GPUsi tomonidan qamoqqa olingan Isoxon Eshonni chekistlar qamoqqa saqlashda hech asos topa olmay, uni yetti oydan keyin ozod qilishadi. Yirik boylardan biri Hoji Yoqubboy va Togʻayboylarning kafilligi asosida Isoxon Eshon qamoqdan chiqariladi. U ozodlikdan chiqqan 2 yil davomda dehqonchilik bilan shugʻullangan. 1925-yilda u yana qamoqqa olinadi va Dushanbe GPU qamoqxonasida Mirzonazar, Sohib komandir va Mulla Odina bilan birgalida qamoqda qochadi. 1926-yil Afgʻonistonga koʻchib oʻtib, Jillikoʻl tumanida yashay boshlaydi. U Avgʻonistonda yana uylandi va shu yerda qoladi.
Isoxon Eshon Afgʻoniston yashagan paytlarda Ibrohimbek yigitlari va ularni guruhiga yangi kelib qo‘shilgan bir qancha muhojir oilalarni oziq-ovqat bilan ta‘minlash topshirilgan. Ibrohimbek qo‘rboshi Qatag‘on-Badaxshonda mustahkam o‘rnashib olgach, 1930-yilda Chayobni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Shundan soʻng Isoxon Eshon Chayobda sakkiz oy davomida hokim sifatida harbiy va fuqarolik hokimiyatini boshqaradi. 1931-yil Osoxon Eshonning rahbarligi ostida Shulyum, Jonbuloq, Qoʻrgʻon, Hurruyat, Jarbuloq, Jineshki, Qayragʻoch qishloqlarida qizil armiyaga qarshi kurashlar olib boradi. Afg‘onlar bilan munosabatlar yomonlashgach, Isoxon eshon Aylaboddagi muhojir oilalarni chegaraga yaqin bo‘lgan joylarga ko‘chirish to‘g‘risida Ibrohimbekdan buyruq oladi. Isoxon eshon qo‘l ostida qolgan oilalar bilan avval Kostak, undan so‘ng Chayobga joylashadi. Vaziyat yumshamagach Isoxon muhojir oilalarni Amudaryoning Chubek mavzesi orqali Sovet davlatiga o‘tkazib yuborib, o‘zi Afgʻonistonda qoladi. Afg‘onlarning hujumlaridan so‘ng o‘zi ham chegarani kesib o‘tadi. Afgʻonistondan qaytgach Choltog‘dagi birinchi qurultoyda Ibrohimbekning eng yaqin maslahatchisi sifatida qatnashgan[1]. Unga Bobotog‘ va Hisorda Sovet armiyasiga qarshi janglarni tashkillashtirish vazifasi beriladi. Shundan keyin Isoxon shu hududlarga jo‘nagan. Ibrohimbek Isoxonni Surxondaryo va Bobotog‘dagi noibi etib tayinlaydi. Isoxon Bobotog‘ga endi yetib borganda sovetlar Afgʻonistondan kelgan barcha muhojir oilalarni Nauga olib ketgani to‘g‘risida xabar keladi. Shundan keyin Ibrohimbek bilan birlashib Boysunga jo‘naydi. 17 kun qizil armiyaga qarshi kurash olib boradi. Shu paytda Isoxon safdoshlari Alimardon dodxoh, Azim Marqa, Mirza Qayum, G‘afur bilan taslim bo‘lish uchun Stalinobod (hozirgi Dushanbe) ga ketadi. 1931-yil 22-iyundada qo‘lga olinadi.
1932-yil 13-aprelda sovet hokimiyati qarori bilan Toshkentda 47 yoshida otib tashlangan[2]. Isoxon eshon avlodlari hozirgi paytda Tojikiston va O‘zbekistonda yashaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rajabov Q. Ibrohimbek qo'rboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent Fan nashriyoti 2022-yil — 52-bet. ISBN 978-9943-19-653-7.
- ↑ Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.