Isroildagi filippinliklar
Filippinliklar Isroildagi eng katta muhojirlar guruhlaridan birini tashkil qiladi. Isroilda 300 000 ga yaqin chet ellik ishchilar yashaydi, ularning 30 000-50 000 nafari filippinliklar hisoblanadi[1]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Isroilda 6000 ga yaqin filippinlik noqonuniy muhojir istiqomat qiladi[2].
Demografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroildagi filippinliklarning aniq soni toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlarni topish qiyin, chunki hukumat tomonidan berilgan ishlash ruxsatnomasi bilan Isroilda qonuniy faoliyat olib borayotganlardan tashqari koʻpchilik mamlakatda noqonuniy ravishda ishlaydi. Filippinning Isroildagi elchixonasi hisob-kitoblariga koʻra, Isroilda taxminan 31 000 nafar filippinlik muhojir qonuniy ish olib boradi va istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Isroilning eng yirik shaharlari — Tel-Aviv, Quddus va Hayfada yashab, ishlaydilar. Bundan tashqari, Bir as-Saba, Netaniya, Rehovot va Rishon LeZionda ishlaydigan filippinlik muhojirlar ham anchagina, lekin ularning yashash joylari Tel-Avivda va odatda dam olish kunlarini shu yerda oʻtkazadilar[3].
Isroildagi filippinliklar asosan qariyalarga gʻamxoʻrlik qilish bilan shugʻullanishadi[4].
Mamlakatda noqonuniy yoʻllar bilan ishlayotgan koʻp sonli filippinliklarni[5] va boshqa muhojirlarni Isroildan[6] deportatsiya qilishga urinish rejasi filippinliklar orasida xavotir uygʻotdi. Filippinlik ishchilarning koʻplab farzandlari Isroilda tugʻilgan va deportatsiya uchramoqda[7]. 2006-yilda 900 ga yaqin filippinlik bola Isroilda doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan va ushbu maqom ularning ota-onalari hamda boshqa oila aʼzolariga bolalar Isroil armiyasidagi harbiy xizmatni oʻtab tugatganlaridan keyin berilgan[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Goldstein, Evan R.. „Does Israel Have an Immigrant Problem?“. Foreign Policy (25-yanvar 2009-yil). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ Ася Чачко. „Сложности жизни филиппинских заробитчан в Израиле“. isroe.co.il. 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ „Profile of the Filipino Community in Israel“. 2017-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
- ↑ Cahiles-Magkilat, Bernie. „Israel needs more Filipino caregivers“. Manila Bulletin (14-noyabr 2011-yil).
- ↑ Illegal in Israel — the story of Juan and Josie, Radio Netherlands Archives, September 1, 2004
- ↑ Felter, Nurit. „Steinitz: Deport 100,000 illegal workers“. Ynet (12-aprel 2009-yil).
- ↑ Weiler-Polak, Dana. „Foreign workers' children likely to be deported after school year“. Haaretz (13-oktabr 2009-yil).
- ↑ „Young Filipinos integrating into Israeli society, but not without difficulties“. Jewish Telegraphic Agency (2012-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 14-mart.