Issiqbardosh materiallar
Issiqbardosh materiallar -yuqori temperaturada plastik (qaytmas) deformatsiyaga qarshilik koʻrsata oladigan materiallar. Odatda, temperatura oshgan sari metallarning mustahkamligi keskin pasaya boradi. Qotishmalarning yuqori issiqbardoshligi ikki asosiy fizikaviy omil — qotishmada atomlar orasidagi bogʻlanishning mustahkamligi va uning strukturasi bilan belgilanadi. Zarur yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan strukturani olish uchun qotishmaga turlicha termik ishlov beriladi. Krtishmalar esa yuqori temperaturada plastik deformatsiyaga koʻproq qarshilik koʻrsata olishi tufayli mustaxkamligini ancha saqlaydi. Ishlatish sharoitlariga qarab, I. m. ni yuqori tralarda qisqa vaqtli (sekund-soat) mexanik nagruzkalarga teztez uchraydigan; yuqori tralarda nagruzka ostida oʻnlab, yuzlab soatlab boʻladigan; yuqori nagruzkalar va yuqori tralarda oʻn minglab va yuz minglab soat ishlaydigan qotishmalarga boʻlish mumkin. Shunga qarab qotishma struktura-siga talab ham keskin oʻzgaradi. Qanday temperaturada ishlatilishiga qarab, ularni quyidagicha tasniflash mumkin: 350° temperaturada ishlatiladigan uglerodli oddiy konstruksion poʻlatlar; 350—500° — kam ligerlangan ferrit va perlit poʻlatlar hamda titan qotishmalari: 500 — 650° — austenit sinfidagi poʻlatlar; 650—800° — nikel va kobalt qotishmalar. Xrom, molibden, kremniy bilan legirlangan ferrit va perlit sinfidagi,poʻlatlar bugʻ qozonlarida, neft saqlash qurilmalarida, ichki yonuv dvigatellari klapanlarini yasashda ishlatiladi. Austenit sinfidagi issiqbardosh poʻlatlardan gaz turbinalari parraklari, reaktiv turbinalarning detallari yasaladi. Reaktiv turbinalar parraklarini tayyorlashda nikel va kobalt qotishmalari keng ishlatiladi. Baʼzan I. m. ga qoʻshimcha ishlov beriladi. Ularning sirti korroziyabardosh metall yoki qotishma bilan qoplanadi. Qoplama qatlami juda past kuchlanish taʼsirida ham metallning sinishiga olib keluvchi korrozion darzlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi. Bunday qoplamalar uchun kremniy, alyuminiy, xrom, titan ishlatiladi. I. m. dan metall-keramik qattiq qotish-malar muhim guruhni tashkil etadi. Kremniy asosli anorganik polimer materiallar ham issiqqa chidamli boʻladi. Turli sanoat tarmoqdarida metallmas issiqbardosh material — issiqbardosh beton koʻplab ishlatiladi. U quyish pechlarining futerovkasi (qoplamasi), bugʻ qozonlarining ustiga qoplash uchun va marten pechlarida ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |