Kontent qismiga oʻtish

Issiqdan himoya qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Issiqdan himoya qilish - yuqori trali sharoitda ishlovchi qurilma va apparatlarda myoʼyoriy temperatura sharoitini taʼminlash vositalari majmui. Uchish apparatlari va kosmik apparatlar atmosferaning zich katlamlarida harakatlanganda ularni aerodinamik qizishdan saqlash, havo-re-aktiv dvigatellar va raketa dvigatellarining yonish kameralarini hamda soplolarini asrash uchun aviatsiya va raketa texnikasida keng kullaniladi. I. h. q. ning faol (aktiv) va sust (passiv) usullari bor. Faol usulda gazeimon yeki suyuq sovitkich himoya qilinadigan sirtga yuboriladi va u sirtga keluvchi issiqlikning asosiy qismini oʻziga qabul qilib oladi. Bunga konvektiv, qurshama (oʻrama), plyon-kali, gʻovakli sovitish usullari kiradi. Sust usulda issiqlikoqimining taʼsirini maxsus konstruksiya tashqi qobiq yordamida yoki asosiy kon-struksiyaga surkalgan maxsus qoplama yordamida qabul qiladi. Bunga issiqlikni yutuvchi konstruksiyalar, "Radi-atsion" qurilmasi, yemiriluvchi qop-lamalar yordamida I. h. q. kiradi. I. h. q. suv osti ishlarida, metallurgiya, aviatsiya, raketa texnikasi va b. sohalarda kullaniladi. Raketa texnikasida I. h. q. uchun ballistik raketa va kosmik apparatlarning bosh qismi va qiziydigan qismlari issiqlik oʻtmaydigan material bilan qoplanadi. Qurilma yoki apparatlar loyihalanganda I. h. q. choralari koʻzda tutiladi. Kuchli issiq sharoitda ishlaydigan kishilarga maxsus kiyim-bosh beriladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil