Kontent qismiga oʻtish

Issiqlik bilan taʼminlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Issiqlik bilan taʼminlash — kommunal xoʻjalik va texnologik ehtiyojlar uchun isteʼmolchilarga issiklik yetkazib berish. Markaziy va mahalliy Issiqlik bilan taʼminlash tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv (temperaturasi 150° gacha) yoki bugʻ (bosimi 0,5 — 4,0 MPa) issiqlik eltgich vazifasini bajaradi. Markazlashtirilgan Issiqlik bilan taʼminlashi-zimi sanoat yoki turar joylarning koʻplab isteʼmolchilarini (bir necha oʻnlab km da joylashgan), mahalliy Issiqlik bilan taʼminlash tizimi bir yoki bir necha binoni (bir necha oʻnlab m. da joylashgan) issiklik bilan taʼminlaydi. Markaziy Issiqlik bilan taʼminlash da bir yoki bir necha issiqlik manbai, issiklik tarmoklari va issiklik qabul qiladigan qurilmalardan foydalaniladi. Issiqlik bilan taʼminlash manbai — qozonlar, sanoat korxonalari va issiklik elektr markazlaridan ortgan issiqlikdan foydalanadigan qurilmalar. Issiqlik tarmoqlari — suv yoki bugʻ yuradigan quvurlar, binolarga suv yoki bugʻ kiritish va chiqarish moslamalari hamda izolyasiya materi-allari. Issiqlik qabul qiladigan qurilmalar — radiatorlar, reyestrlar, qovurgʻali trubalar va b. Issiklik isteʼmolchilari qancha koʻp, yaʼni Issiqlik bilan taʼminlash tizimi qancha yirik boʻlsa, tejamlilik shuncha ortadi, ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish shuncha yengillashadi. Issiqlik bilan taʼminlash tizimida temperaturani yoki issiqlik eltuvchi miqdorini rostlab turish mumkin. Yirik tizimlarda bu ish avtomatika va uzokdan boshqarish asboblari vositasida bajariladi. Isteʼmolchilar sarf qilayotgan issiklik miqdori va parametrlarini qayd qilib turish uchun boshqarish uzellariga issiklik oʻlchagichlar va qayd qilgichlar (registratorlar) oʻrnatiladi. Oʻzbekistonda Issiqlik bilan taʼminlash tizimi 20-asr 30-yillar oxirlarida paydo boʻlgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil