Kontent qismiga oʻtish

Issiqlik reaktori

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Issiqlik reaktori – yadro yoqilgʻisining boʻlinish reaksiyasi koʻpincha issiklik yoki sekin neytronlar bilan vujudga keladigan yadro reaktori. I. r. ning tez reaktorlardan farqi I. r. ning faol (aktiv) zonasida neytronlarni samarali sekinlashtirgich (suv, ogʻir suv, grafit va b.) borligidir. Bu muhitda yadro yoqilgisi tabiiy uran yoki 235U, 239U, yoxud 233U ham boʻladi. Oʻzaklarida yadro yoqilgʻisi boʻlgan issiklik ajratuvchi elementlardan tashqari bu zonada yutuvchi elementlari boʻlgan boshqarish sterjenlari joylashtiriladi. Aktiv zonali neytronlar qaytargich (berilliyli, grafitli va b.) bilan oʻraladi. Yadro yoqil-gʻisini sovituvchi issiklik eltgichlar sifatida, asosan, suv (ogʻir suv), geliy, karbonat angidrid, organik suyukliklar ishlatiladi. Atom yadrolarining boʻlinishi, asosan, tez neytronlar hisobiga yuz beradigan tez reaktorlarga nisbatan issiklik (sekin) neytronli reaktorlarda yadro yoqilgʻi-sining kritik massasi kichik, konst-ruksiyasi sodda boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida qoʻllanadi. I. r. ning energetik va tadqiqot xillari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil