Kontent qismiga oʻtish

Issiqlikdan kengayish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Issiqlikdan kengayish - jismlarni isitganda ularning chiziqli oʻlchovi oʻzgarishi. Turli jismlar is-siqlikdan turlicha kengayadi: qattiq jismlarda molekula va atom (ion) lar orasidagi oʻzaro taʼsir juda kuchli boʻladi, shuning uchun issiqlikdan qattiq jismlar kamroq, suyuqliklar koʻproq, gazlar esa yanada koʻproq kengayadi.

I. k. hajm va chizikli kengayish koeffitsiyentlari bilan ifodalanadi. Maʼlum hajmdagi jism bir daraja isi-tilganda uning hajmi ortishi hajm kengayish koeffitsiyenti,malum bir ʼlum uzunlikdagi jism bir daraja isitilganda uning uzunligi ortishi chiziqli kengayish koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koeffitsiyent temperatura oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadi. Hamma suyukliklarning hajm kengayish koeffitsiyenti taxminan bir xil boʻlib, 1,273 ga teng. Baʼzi jismlar (suv, choʻyan, vismut va b.) maʼlum temperaturagacha qizdirilganda hajmi kichiklashadi. Masalan, 4° da suvning hajmi eng kichik boʻladi. Hayotda I. k. hisobga olinadi. Mas, temir yoʻl izlarida chok qoldirib ke-tiladi, elektr simlari salqiroq qilib tortiladi va b.[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil