Istanbul Topkapi Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbul Topkapi Universiteti
Asos solingan

21-aprel 2009-yil (Plato Kasb-hunar maktabi)

24-noyabr 2016-yil (Istanbul Ayvansaray Universiteti)

9-mart 2022-yil (Istanbul Topkapı Universiteti)
Oʻquv yurti turi Vaqf Universiteti
Rektori Prof. Dr. Emre Alkin
Fakultetlar

5 ta fakultet

1 ta institut
Manzili Istanbul Turkiya
Vebsayti topkapi.edu.tr


Istanbul Topkapi Universiteti (eski nomi Istanbul Ayvansaray Universiteti) Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan fond universitetidir. Vazirlar Kengashining 2009-yil 21-apreldagi qarori bilan Platon kasb-hunar maktabi nomi ostida 4 ta boʻlim biln tashkil etilgan. 2016-yilning noyabr oyida Ayvansaray Taʼlim Jamgʻarmasi tomonidan Istanbul Ayvansaray Universiteti tashkil etildi va Platon kasb-hunar maktabi Universitet tarkibiga kiritildi[1]. 2016-yildan 60 dan ortiq yoʻnalishda ta’limni davom ettirgan Istanbul Ayvansaray Universiteti talabalar tomonidan eng ko’p tanlanadigan universitetlar qatoriga kirdi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda direktor Sinan Chetin hamda bir guruh ishbilarmon va akademiklar tomonidan Platon kasb-hunar maktabiga asos solindi. Keyinchalik 2016-yili Istanbul Ayvansaray Universiteti tarkibiga oʻtkazilgan. Sinan Chetin dastlabki davrda vasiylik kengashi raisi edi. Koʻp oʻtmay uning oʻrnini Tolga Yazıcı egalladi.

2019-yil oxirida Nihat Qizil Tolga Yazıcıdan vasiylik kengashi raisligini qabul qilib oldi va u bugungi kunda ham kengash raisi[2].

Universitet nomi 2022-yilda Istanbul Ayvansaray Universiteti nomidan Istanbul Topkapi universitetiga oʻzgartirildi[3]. Dastlab ta’lim faoliyatini birgina bino bilan boshlagan universitet hozzirda 5 ta kampus va 100000 m² maydon bilan oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ayni paytda universitet 25 ta magistratura va doktorantura, 35 ta bakalavriat, 56 ta aspirantura yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berib kelmoqda. Istanbul Topkapi Universiteti fanlararo dasturlari, tajribali akademik xodimlari va zamon talablariga javob beradigan texnologiyalari bilan sifatli taʼlim berishni oʻz oldiga maqsad qilgan.

Akademik birliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetlar

  • Tasviriy sanʼat, dizayn va arxitektura fakulteti
  • Iqtisodiyot, maʼmuriy va ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Muhandislik fakulteti
  • Sport fanlari fakulteti
  • Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti

Kampuslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kazlicheşme kampusi
  • Balat kampusi
  • Shishli gastronomiya kampusi
  • Levent TSYD Sport fanlari kampusi
  • Yenibosna kampusi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy sayt

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tarihçe İstanbul Ayvansaray Üniversitesi“. www.ayvansaray.edu.tr. 30-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktyabr 2021-yil.
  2. „İstanbul Ayvansaray Üniversitesi Mütevelli Heyeti“. 19 -avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 -avgust 2022-yil.
  3. „Ayvansaray Üniversitesi’nin yeni ismi ne oldu“ (Turk tilida). 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.