Isteʼmol bozori
Isteʼmol bozori — isteʼmol buyumlari va xizmatlar oldi-sotdi qilinadigan, alohida shaxs yoki uy xoʻjaliklari shaxsiy isteʼmol uchun tovar va xizmatlarni sotib oladigan bozor. I. b. ning subʼyekti (ishtirokchilari) tovar sotuvchi firmalar, yakka sotuvchilar, aholi, davlat va jamoat idoralaridan iborat haridorlar. Uning obʼyekti esa shu yerda sotiladigan isteʼmol buyumlari va ijtimoiy-maishiy xizmatlar hisoblanadi. Bularning puldagi ifodasi I. b. ning hajmini tashkil etadi. I. b. xalqaro, milliy, mahalliy va hududiy I. b. larga boʻlinib, boshqa bozorlardan koʻp segmentliligi bilan farqlanadi. Bu segmentlardan eng yiriklari oziqovq-at, kiyim-kechak, uy-xoʻjalik tovarlari, maishiy va ijtimoiy xizmatlar bozori hisoblanadi. I. b. segmentlari haridorning mavqeiga qarab yoshlar, bolalar, qariyalar, erkaklar va ayollar tovar bozoriga ajraladi. Haridorning qurbiga qarab nufuzli tovarlar bozori, hammabop tovarlar bozori va arzon tovarlar bozorlariga boʻlinadi. Oʻzbekistondagi I. b. supermarketlar, magazinlar, salonlar, doʻkonlar, deh-qon bozorlari va sanoat mollari bo-zorlari, pullik maishiy xizmat korxonalari, pullik ijtimoiy xizmat tashkilotlari va muassasalari faoliyatda namoyon boʻladi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |