Kontent qismiga oʻtish

Isteʼmolchilar jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isteʼmolchilar jamiyati - isteʼmolchilar manfaatini himoya qiluvchi nodavlat, jamoa uyushmasi, bozorning zarur unsurlaridan biri. I. j. isteʼmolchi — haridorlar tashabbusi bilan tashkil etiladi. Uning maqsadi isteʼmolchilarni tovar va xizmatlar bozorida uchrab turadigan qalloblikdan himoya qilishdir. I. j. nazoratchilari savdo-sotikdagi tovarlar sifa-tining sertifikatlarga mosligini, oziq-ovqat, doridarmonlarning isteʼmol etish muhlati oʻtib ketmaganligini, ularning ekologik tozaligini, inson salomatligiga zarar keltirish ehtimollarini, tovarlarni (ay-niqsa texnikaviy) isteʼmol etish xavfsizligini tekshiradilar. Bu sohada qonunbuzarlik uchrasa, tovar sotuvchilarni sud javobgarligiga tortadilar. I.j. taraqqiy etgan bozor tizimiga xos bulib, ularning faoliyati isteʼmol samarasini oshiradi, tovarlar va xizmatlarning sifatli boʻlishini taʼminlaydi. Bu bilan bozor iqtisodiyo-tining ijtimoiy yunaltirilgan buli-shiga koʻmak beradi, mahsulot sifatini oshirish orqali raqobatga yoʻl ochadi. I.j. maqsad-vazifalari, tashkiliy tuzilishi va ishlash qoidalari belgilangan Nizom asosida, isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar, qukumat qarorlari hamda xalqaro standartlarga muvofiq ish yuritadi. Oʻzbekistonda I.j. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning huquqlarini qimoya qilish toʻgʻrisida" (1996.26 aprel) qonuniga muvofiq, 1997Y. dan tashkil topa boshladi. 1999 y. da Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquklarini qimoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi. Federatsiya tarkibida Qoraqalpog'iston respublikası 12 viloyat va Toshkent sh. isteʼmolchilar jamiyatlari birlashmalari bor. Tumanlarda I.j. lari, mahallalarda, korxona, tashkilotlarda tayanch punktlari ish olib boradi. I.j. ga fuqarolar yakka tarkibda aʼzo boʻlib kiradilar. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari 200 mingdan ortiq aʼzoga ega (2002). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil