Kontent qismiga oʻtish

Ital qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ital

Ital qal’asi (inglizcha: Etal) — Angliya shimolida, Shotlandiya janubiy chegaralari yaqinidagi Northumberland grafligida joylashgan qal’a xarobalari.

Qal’a tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ital qal’asiga XII asrda Manners oilasi tomonidan asos solingan. 1341-yilda Robert de Manners oʻz qoʻrgʻoniga qal’a maqomini berishga ruxsat olgan. Robert butun Northumberland boʻylab taniqli shifokor edi. Shu bois qal’a tibbiy yordam olishni istagan bemorlar uchun ziyorat markaziga aylangan. Qolaversa, u birinchi boʻlib XI asr arab shifokori Ibn Baldunning davolash haqidagi „Taqvimi as-sihha“ risolasini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Keyinchalik Mannerlar yaqin atrofdagi Ford qal’asida yashovchi Herons sulolasi vakillari bilan jang qilgan. 1428-yilda Ser Uilyam Heron Italga bostirib kirgan va oʻldirilgan.

1513-yilda Shotlandiya armiyasi qirol Jeyms IV boshchiligida Angliya hududiga bostirib kiradi va boshqa qal’alar qatorida Ital qal’asini ham egallab oladi. Oʻsha yilning avgust oyida shotlandlar Flodden jangida magʻlubiyatga uchraydi va jang davomida Jeyms IV oʻldiriladi.

Qal’a hozirda „Iingliz merosi“ tashkiloti homiyligida muhofaza qilinadi.

Tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a har yili aprel oiydan sentabr oyigacha har kuni soat 10.00 dan 18.00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.</br> Kattalar uchun chipta: £3.00. Bolalar uchun chipta: £1,50.