Ivamura qal’asi
Ivamura qal’asi — Yaponiyaning Gifu prefekturasi, Mino provinsiyasi, Ivamura shahri, Yona okrugida joylashgan qal’a. 1185-yili qurilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XII — XVI -asrlar oraligʻida Toyama urugʻiga mansub boʻlgan feodal mulk. 1572-yilda Ivamurani qamal qilganTakeda Shingen qal’ani zabt etib, uni Akayama Nobutomoga taqdim etgan.
1575-yilda Oda Nobunaga qasrga hujum qilib, uni Toyotomi Xideyoshi ixtiyoriga topshirgan. Hideyoshi, oʻz navbatida, qal’ani Tamaru Tomodataning mulkiga bergan.
Sekigaraxa jangidan soʻng qal’a shahzoda Tokugava mulkidan chiqib, 1601-yildan 1638-yilgacha Oguyu Daimyoga, 1638-yildan 1702-yilgacha Niva urugʻiga va 1702-yildan Tokugava davrining oxirigacha, yaʼni 1868-yilgacha qal’a Ishikava urugʻiga tegishli edi.
1871-yilda vayron qilingan. Hozirda qal’a oʻrnida istirohat bogʻi tashkil etilgan.