Kontent qismiga oʻtish

Ivan Goncharov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivan Goncharov
Tavalludi 6 (18) iyun 1812
Vafoti 15 (27) sentyabr 1891
Ijod qilgan tillari Rus tili[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Ivan Aleksandrovich Goncharov [1812.6(18).6, Simbirsk- 1891.15(27).9, Peterburg] — rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1860). Moskva universitetini tugatgan (1834). Realistik proza ustasi. Dastlab romantik sheʼrlar, qissalar yozgan. "Pallada kemasi" ocherklar turkumi (1855—57)da Osiyo va Yevropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. "Oddiy voqea" (1847), "Jarlik" (1869) romanlari 19-asr tanqidiy realizmining eng yaxshi namunalaridir. Ularda 40—60-yillardagi rus vokeligi va davrning qayotiy tavsiflari anik, tasvirlangan. "Oblomov" (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli boʻlgan "oblomovchilik" dangasalik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. "Zamon zayli" romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. (unspecified title)