Ivan Kramskoy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ivan Nikolayevich Kramskoy [1837.27.5(8.6), Voronej viloyati — 1887.24.3(5.4), Peterburg] — rus rassomi va badiiy tanqidchisi. Peterburg Badiiyot akadimyasida taʼlim olgan (1857—63). BAdagi akademik sanʼatga qarshi chiqqan "14 lar qoʻzgʻoloni" rahbari, demokratik yoʻnalishdagi rassomlarning birinchi tashqiloti — rassomlar artelining tuzuvchisi, Birodarlik harakati yoʻlboshchisi va tashqilotchisi. Portret janridagi faoliyati rassomning isteʼdodini toʻliq namoyon etdi: "L. N. Tolstoy", "I. Shishkin" (1873), "M. Saltikov-Shchedrin" (1879) va boshqa; oddiy xalq portretlarini yaratishga ahamiyat berdi ("Miva Moiseyev", 1882; "Dehqon", 1883 va boshqalar). "Iso sahroda" (1872) asarida afsonaviy qahramonga hayotiy talqin baxsh etdi. Mavzuli kompoziyasiyalari portret kartivaga yaqin va koʻp holdarda kam kishilik. K. estetik qarashlari rus demokratik sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi, u rassomlarni milliy sanʼat yaratishga daʼvat etdi, hayotni butun borligʻi bilan ifodalashga chaqirdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |