Ivan Kruzenshtern
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ivan Fyodorovich Kruzenshtern (1770.8.11, Xagudi, Estoniya — 1846.12.8, Tallin) — rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1806). 1802-yil dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasiga (1803—06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya tarkibidagi "Nadejda" (komandiri Kruzenshtern) va "Neva" (komandiri Yu. Lisyanskiy) kemalari 1803-yil 7 avgustda Kronshtadtdan chiqib, 1804-yil martda Gorn burnini aylanib oʻtgach, Ganayi orollarigacha birgalikda soʻzdilar. Bu yerdan "Neva" Novoarxangelsk tomon, "Vadejda" esa Kamchatkaga, soʻng Yaponiyaga ketdi. 1806-yil ekspeditsiya Hind va Atlantika okeanlari orqali Kronshtadtga qaytib keldi. Sayoxat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologiyaga oid tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Kruzenshtern Kuril o.larining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini oʻrgandi. Kruzenshtern sayohat tafeilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot vatijalarini 3 jildli "Nadejda" va "Neva" kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806-yillardagi dunyo boʻylab sayohat" (1909—12, 2-nashri, 1950) asarida bayon qilgan. Kruzenshtern 1823—26 yillarda 2 jildli "Janubiy dengiz atlasi" asarini nashrdan chiqardi. Kruzenshtern nomigaTinch okeandagi bir necha geografik obʼyektlar (boʻgʻoz, orol, togʻ va boshqalar) qoʻyilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nevskiy V.V., Pervoye puteshestviye rossiyan vokrug sveta, M., 1951.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |