Kontent qismiga oʻtish

Ivan Lyudvigovich Knunyans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Knunyans Ivan Lyudvigovich (1906.22.5 (4.6) — Togʻli Qorabogʻ — 1994) — organik kimyogar. Akademik (1953). General-mayor — muhandis. Piridin yadrosiga turli radikallarni kiritishning yangi usullarini kashf etgan. Etilen oksidini atsetosirka kislota bilan reaksiyaga kiritib, uatsetopropil spirtini olgan. Hozir bu usul V, vitaminini olishda qoʻllanadi. Kaprolaktamning toʻgʻri chizikli polimerlash reaksiyasini ilk bor oʻrgangan. Saraton kasalligining ayrim turlari uchun samarali kimyoviy terapevtik vositalar olgan. Ulardan "lofenal" amaliyotga joriy etilgan. Ftororganik birikmalar ustida muntazam izlanishlar olib borib, bu sohada ilmiy maktabga asos solgan. D. I. Mendeleyev nomli kimyogarlar jamiyati jurnalning bosh muharriri, kimyo ensiklopediyasining tashabbuskori va bosh muharriri.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil