Ivan Markovin
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ivan Vasilyevich Markovin (1878,Tver gubernyasi — 1947, Toshkent) — sud tibbiyoti mutaxassisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1941), professor (1928), tibbiyot fanlari doktori (1936). Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1908). Varshava untida, 1918-yildan Rostov universitetining normal anatomiya kafedrasida ishlagan. Toshkent tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti kafedrasi mudiri (1928—46). Ilmiy ishlari sud tibbiyoti ekspertizasining dolzarb masalalariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |