Kontent qismiga oʻtish

Ivan Martos

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ivan Petrovich Martos [1754, Ichnya, hozirgi Ukrainaning Chernigov viloyati — 1835.5(17).4, Peterburg] — rus haykaltaroshi, rus klassitsizmining yirik namoyandasi. Peterburg Badiiyot akadimyasida taʼlim olgan (1764—73). Rimda yashab (1773— 79) antik haykaltaroshlikni oʻrgangan, ulardan nusxalar yaratgan. Peterburg Badiiyot akadimyasida dare bergan (1779—1835; 1814-yildan rektor). M. ijodining dastlabki davrlarida portret (haykal)lar yaratgan (N. I. Panin, 1780; A. V. Panina, 1782; ikkalasi ham marmar); 1780-yil lardan memorial haykallar ustasi sifatida namoyon boʻldi. U yaratgan qabr yodgorliklarida kompozitsiya tuzilishining qatʼiyligi, nafis shakli, relyef turlarining mahorat bilan uygʻunliqsa qoʻllanishi (S. S. Volkonskaya, marmar, 1782; N. I. Panin, marmar, 1788 va boshqalar), asarlarining monumentalligi, obrazlarning yorqinligi, meʼmoriy muhit bilan uygʻunligi eʼtiborga sazovor. I. Ye. Gagarina (bronza, 1803); Pavel I (marmar, granit, 1807), Moskvadagi K. Minin va D. Pojarskiyga oʻrnatilgan yodgorlik (bronza, granit, 1804—1818) va boshqa M. monumental bezak haykaltaroshligining yirik ustasi sifatida ham mashhur (Petergof favvorasi uchun yaratgan "Akteon" haykali, hallangan bronza, 1801 va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil