Kontent qismiga oʻtish

Ivan Suxarev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Ivan Aleksandrovich Suxarev
Tavalludi 18-mart 1909-yil
Toshkent shahri
Vafoti Voronej
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Lavozimi Direktor oʻrinbosari

Ivan Aleksandrovich Suxarev (1909-1942)- Ivan Aleksandrovich Suxarev 1909 yil 18 martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oila Toshkentdan Xo‘jandga ko‘chib o‘tdi (hozirgi Xo‘jand shahri), u yerdan Skobelevga (hozirgi Farg‘ona shahri) va nihoyat, Samarqandga joylashdi. Oila Samarqandga ko‘chib kelgan, maktab o‘quvchisi bo‘lgan I. A. Suxarev muzey ishini yaxshi ko‘radi, entomologim kolleksiyani to‘ldirish bilan shug‘ullanadi. 1928 yilda maktabni tugatgandan so‘ng u muzeyga qabul qilindi. O‘zbekiston Davlat universiteti (hozirgi A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti)ning tarix fakultetiga 1930 yilda I. A. Suxarev o‘qishga qabul qilingan. 1932—1935 yillarda direktorning fan bo‘yicha o‘rinbosari, 1935 yildan u antik davr va o‘rta asrlar kafedrasi katta ilmiy xodimi etib tayinlangan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1942 yilda 33 yoshida Voronej shahri yaqinida vafot etgan.

Xonchorbogʻ qoʻrgʻoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xonchorbog‘ rejasi

I. A. Suxarev muzeiydagi faoliyati davomida koʻplab arxeologik qazishmalar olib borgan. Ulardan Xonchorbog‘ qoʻrgʻonidagi xarobalarni oʻrgangan.