Kontent qismiga oʻtish

Ivanna Klimpush-Sinsadze

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivanna Orestovna Klimpush-Sinsadze
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-iyul 1972-yil (1972-07-05) (52 yosh)
Kiyev, Ukraina SSR, SSSR
Turmush oʻrtogʻi Archil Vladimirovich Sinsadze
Bolalari Solomiya va Melaniya
Otasi Orest Dmitrovcih Klimpush
Taʼlim Mixail Draxomanov nomidagi Milliy pedagogika universiteti, Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining xalqaro munosabatlar instituti
Kasbi defektolog-logoped, siyosatchi
Faoliyati siyosat
Imzosi

Ivanna Orestovna Klimpush-Sinsadze (ukraincha: Іванна Орестівна Климпуш-Цинцадзе; 5-iyul 1972-yil, Kiyev) — ukrainalik siyosatchi, jamoat arbobi, Ukraina xalq deputati (2019 va 2014—2016-yillar). 2016-yil 14-apreldan 2019-yil 29-avgustgacha Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevro-Atlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari. VIII chaqiriq Ukraina xalq deputati (2014—2016).

Yaroslava va Orest Klimpushning qizi. Bolaligida jurnalist boʻlishni xohlagan, lekin onasining talabi bilan defektolog-logoped sohasiga oʻqishga kiradi[1]. 1991—1993-yillarda Starokievskiy tumani bolalar hududiy tibbiyot birlashmasi nutq terapevti. 1992-yilda Garvard universiteti (AQSh) Garvard Ukraina tadqiqot institutining yozgi maktabida malaka oshirgan. 1994-yilda Mixail Draxomanov nomidagi Milliy pedagogika universitetini defektologiya va logopediya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993—1994-yillarda Montana state universitetida (AQSh) xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq yoʻnalishida tahsil olgan. 1994—1999-yillarda Ukraina mustaqil siyosiy tadqiqotlar markazi nodavlat tashkiloti loyiha menejeri, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi. 1997-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining xalqaro munosabatlar institutini xalqaro munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini, 1998-yilda esa xalqaro munosabatlar boʻyicha magistr darajasini olgan. 1999—2002-yillarda Sharq-Gʻarb institutining Kiyev markazida loyiha menejeri. 2001—2002-yillarda Sharq-Gʻarb institutining Kiyev markazi direktori vazifasini bajaruvchi. 2002—2007-yillarda BBC radiosining AQShdagi (Vashington) va Kavkazdagi (Tbilisi) Ukraina xizmati muxbiri. 2007—2009-yillarda „Ukraina xalqaro hamkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi“ („Fond Otkroy Ukrainu“) xalqaro xayriya tashkilotining dasturlar boʻyicha direktor oʻrinbosari. 2009—2011-yillarda „Ukraina xalqaro hamkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi“ xalqaro xayriya tashkiloti („Fond Otkroy Ukrainu“) direktori boʻlib ishlagan. 2011-yildan Yalta Yevropa strategiyasi xayriya tashkilotining direktori. „Ukraina media markazi“ jamoat tashkiloti („Ukraina inqirozi media markazi“), „Aspen-Ukraina bitiruvchilari assotsiatsiyasi“ jamoat birlashmasi boshqaruvi aʼzosi; „Iqtisodiy tadqiqotlar va siyosiy maslahatlar instituti“ nodavlat notijorat tashkiloti va „Ukraina davlat siyosati instituti“ NNT kuzatuv kengashlari aʼzosi. „Chernomorskiy region: sotrudnichestvo i bezopasnost“ kitobining hammuallifi.

Eri Archil Sinsadze, Solomiya va Melaniya ismli qizlari bor[1].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

VIII chaqiriq Oliy radaga saylovlarda (2014) Petro Poroshenko blokining „Solidarnost“ partiyasidan 61-raqam bilan parlamentga kiradi. 2014-yil 27-noyabrdan 2016-yil 14-aprelgacha xalq deputati boʻlgan. Ukraina Oliy radasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ukrainaning NATO Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi raisi boʻlgan. 2016-yil 14-aprelda Ukraina Oliy radasi Ukraina Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini tayinlaydi, unda Klimpush-Sinsadze bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimini egallaydi. 2016-yil 18-aprelda Ukraina Vazirlar Mahkamasi bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari Ivanna Klimpush-Sinsadzeni Ukrainaning xalqaro munosabatlari va Yevropa integratsiyasi uchun masʼul etib tayinlaydi[2]. 2018-yilning 1-noyabrida Ukrainaning 322 fuqarosiga, jumladan Klimpush-Sinsadzega nisbatan Rossiya sanksiyalari joriy etiladi[3]. 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida „Yevropeyskaya solidarnost“ („Yevropa birdamligi“) partiyasidan ishtirok etgan (partiyaviy roʻyxatda 10-oʻrin[4]). 2019-yil 29-avgust kuni Ukraina Oliy radasi Groysman hukumatini isteʼfoga chiqaradi va Ivanna Klimpush-Sinsadze esa bosh vazir oʻrinbosari lavozimini tark etadi.

  1. 1,0 1,1 „Стратеги и бизнесвумен. 100 самых влиятельных женщин“. 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  2. postanovlenie KMU № 296 ot 18.04.2016
  3. „Помідори Фірташа, Ярош і син Порошенка: проти кого Росія запровадила санкції“ (uk). Би-би-си (2018-yil 1-noyabr). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  4. „Европейская солидарность назвала 50 кандидатов из своего списка“. LIGA.net (2019-yil 13-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.