Kontent qismiga oʻtish

Ivie Anderson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivie Anderson
Tavalludi 10-iyul 1905-yil
Vafoti 29-dekabr 1949-yil(1949-12-29)
(44 yoshda)
Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Janrlar jaz
Kasbi qoʻshiqchi
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh

Ivie Anderson (talaffuzi: Ayvi Anderson), qizlik qizi Smit (inglizcha: Smith; 1905-yil 10-iyul, Gilroy, Kaliforniya, AQSh – 1949-yil 28-dekabr, Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh) – amerikalik jaz qoʻshiqchisi va aktrisa.1930-yillarda Ivie katta muvaffaqiyat qozonib, Duke Ellington guruhi bilan birga gastrollarga chiqqan va ular bilan birgalikda qoʻshiqlar yozgan. Anderson sogʻligʻining yomonlashuvi tufayli 1942-yilda 37 yoshida qoʻshiqchilik faoliyatini tugatgan va 7 yil oʻtib, 1949-yilda atigi 44 yoshida vafot etdi.

Anderson Kaliforniya shtatining Gilroy shahrida tugʻilgan[1]. Onasining ismi nomaʼlum boʻlsa-da, otasining simi Jobi Smit boʻlgan.

1914-yildan 1918-yilgacha 9 yoshdan 13 yoshgacha Ivie Avliyo Mariya monastirida taʼlim olib, vokal sanʼatini oʻrganadi. Ivie Gilroy gimnaziyasi va oʻrta maktabida xor klubi hamda xor jamiyatiga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Anderson Vashingtondagi Nannie Burroughs institutida Sarah Ritt bilan birga vokaldan dars oladi.

Andersonning hayotidagi voqealarning aniq sanalari nomaʼlum boʻlsa-da, Ivie Mark Nil bilan turmush qurganidan keyin Los-Anjelesda „Ivy’s Chicken Shack“ restoranini ochgan, biroq 1948-yilda ular ajrashishgach, uni sotib yuborgan. Anderson 1949-yilda ikkinchi bor Uolter Kollinsga turmushga chiqqan, ammo farzand koʻrishmagan. Anderson 1930-yildan 1945-yilgacha Los-Anjeles shahridagi 724 E 52-ko‘chada istiqomat qilgan. Bu manzil hozirda 52-tarixiy hududning bir qismini tashkil etadi[1].

1949-yilda uzoq yillar davom etgan astma kasalligidan soʻng, Anderson Los-Anjeles shahrida vafot etdi. Uning nekrologida vafot etgan sanasi 1949-yil 27-dekabrda koʻrsatilgan boʻlsa-da, keyingi manbalar uning vafot etgan sanasini 1949-yil 28-dekabr deb koʻrsatishmoqda. Anderson Angelus-Rosedale qabristoniga dafn etilgan[2].

  1. 1,0 1,1 Cook, Richard. Richard Cook's Jazz Encyclopedia. London: Penguin Books, 2005 — 14-bet. ISBN 0-141-00646-3. 
  2. „Ivy Anderson (1904–1949)“ (en). Find A Grave. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.