Ivor Allchurch
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ivor John Allchurch | ||
Tavallud sanasi | 16-oktyabr 1929-yil | ||
Tavallud joyi | Swansea, Uels | ||
Vafot sanasi |
10-iyul 1997-yil (67 yoshda) | ||
Vafot joyi | Swansea, Uels | ||
Boʻyi | 5 ft 10 in (1.78 m) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1947–1958 | Swansea Town | 327 | (124) |
1958–1962 | Newcastle United | 143 | (46) |
1962–1965 | Cardiff City | 103 | (39) |
1965–1968 | Swansea Town | 118 | (40) |
Milliy terma jamoa | |||
1950–1966 | Uels | 68 | (23[1]) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ivor John Allchurch (1929-yil 16-oktabr - 1997-yil 10-iyul) — Swansea Town, Newcastle United va Cardiff City, klublarida shuningdek, Uels milliy futbol jamoasida o‘ynagan uelslik professional futbolchi.
John "Uels futbolining oltin bolasi" nomi bilan tanilgan[2][3]. Allchurch ichki hujumchi sifatida o'ynadi. U o'z faoliyatini "Swansea City" jamoasida boshlagan. Jamoada u 10 yildan ortiq vaqt davomida sardorlik qilgan. John barcha musobaqalarda 100 dan ortiq go'l urishga muvaffaq bo'lgan. U "Swansea"dagi dastlabki yillarida ko'plab klublarning e'tiborini tortdi, lekin u birinchi divizion jamoasi "Newcastle United" ga qo'shilishni tanladi. U 1958-yilda 28,000 funt sterling evaziga shartnomaga imzo chekib, George Eastham va Len White bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'ydi. 1962-yilda u 18 ming funt sterling evaziga "Cardiff City" ga qo'shildi va u yerda uch mavsum o'tkazib, professional faoliyatini "Swansea Town"da yakunladi. John "Swansea " bilan o'ynagan davrida, klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Faoliyati davomida Allchurch Uels terma jamoasi safida jami 68 ta o‘yinda g‘alaba qozonib rekord qayt etgan, bu rekord 1986-yilda Joey Jones tomonidan yangilagan[4]. U, shuningdek, 23 yoshli Trevor Ford bilan birgalikda Uels terma jamoasi uchun urilgan go'llar soni bo'yicha rekord ko'rsatkichga ega edi. Uning iste'dodi 1958-yilgi Jahon chempionatida Uels terma jamoasi safida o'ynaganidan so'ng ko'proq tan olina boshladi. Uning akasi Len ham futbolchi bo'lgan va bu juftlik Uels terma jamoasida bir necha bor birga o'ynashgan.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivor John Allchurch 1929-yil 16-oktabrda Swanseadagi Uon-ven yo‘lida tug‘ilgan[5]. Uning ota-onasi Charles Wilfried Allchurch va Mabel Sarah Allchurch (qizalik ismi Miller)[6] asli Vusstershirdagi Dudley shahridan bo‘lishgan, ammo Birinchi jahon urushidan keyingi tanazzul paytida Janubiy Uelsga ish izlab kelishgan va shaharning Qal'a hududiga joylashishgan[5]. Uning otasi Dudleyda bank xodimi bo'lib ishlagan, ammo Swanseada o'choqchi sifatida ish topgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Alpuin, Luis Fernando Passo „Wales – Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2009-yil 20-fevral). Qaraldi: 2009-yil 10-mart.
- ↑ Jones, Ken. „Obituary: Ivor Allchurch“. The Independent (1997-yil 12-iyul). Qaraldi: 2010-yil 6-may.
- ↑ „Ivor Allchurch“. National Football Museum. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ Hayes, Dean. The Who's Who of Cardiff City. Derby: Breedon Books, 2006 — 12-bet. ISBN 1-85983-462-0.
- ↑ 5,0 5,1 Farmer & Stead 1998, s. 19
- ↑ 6,0 6,1 Richard E. Huws. „Ivor Allchurch“. The National Library of Wales. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.