Kontent qismiga oʻtish

Ixtiozavrlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ixtiozavrlar (Ichthyosaurta), baliq kaltakesaklar — qirilib bitgan dengiz kaltakesaklari. Amerika, Avstraliya, Yevrosiyoda skelet qoldiqlari topilgan, oʻrta triasdan boʻr davrigacha yashagan. Sudralib yuruvchilar orasida suvda yashashga eng yaxshi moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Kelib chiqishi va filogeniyasi yaxshi oʻrganilmagan. Kotilozavrlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Tanasining shakli delfinga oʻxshash, uz. 15 m gacha, tumshugi uzun, tishlari konussimon bir kator joylashgan. Eshkak oyoklari, panjalari yoki barmoklari juda kengaygan. Yirtqich baliklar va mollyus-kalar bilan oziqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil