Kontent qismiga oʻtish

Iyerarxiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iyerarxiya (yunoncha hierarchia, hieros — avliyo va arche — hukmronlik, hokimiyat) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi. Fanga I. tushunchasi 19-asrning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab I. jamiyatning sinfiy tabaqalanishini va hokimiyat tuzilishini tavsif etish maqsadida qoʻllangan. 20-asrdan boshlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etishda qoʻllanila boshlandi.

Biologiyada I. termini bir guruhga mansub hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, yaʼni ularning oziqqa, qaramaqarshi jinsga yoki qulay pana joyga ega boʻlish borasidagi faoliya-tini boshqarib turadigan xattiharakatlarni ifodalaydi. I. turgʻun boʻlmasdan vaziyatga qarab oʻzgarib turishi (nisbiy dominantlik) yoki mutlaq boʻlishi (mutlaq dominantlik) mumkin. Mutlaq dominantlik koʻpincha toʻgʻri chiziqli (yoʻnalishli) xususiyatga ega (mas, A individning B ustidan, B ning esa V ustidan va hokazo tarzda ustunlik qilishi) boʻlib, har bir individning guruhda oʻz mavqei bor. Chiziqsiz I.da uning tarkibiy qismlari oʻrtasida munosabatlar sharoitga qarab oʻzgarib turadi: mas, uchinchi individ boʻlganida A individ B dan, u boʻlmaganida B individ A dan ustunlik qiladi (tobe mavqelar). Koʻpincha guruxda erkak va urgʻochi hayvonlar mustaqil oʻz I. sistemasiga ega boʻladi. Boshqa hollarda esa erkak xayvonlar urgʻochilari ustidan, voyaga yetgan hayvonlar yosh hayvonlar ustidan dominantlik qiladi. Erkaklari koʻp boʻladigan primatlar toʻdasida I. sistemasi juda murakkab. Guruh boʻlib yashamaydigan hayvonlarda individlar soni oshib ketganida nisbiy dominantlik yuzaga keladi. Guruxdagi hayvonlar soni kam boʻlganida esa ular oʻrtasida maydonga egalik qilish xattiharakatlari namoyon boʻladi. Jamoa boʻlib yashaydigan yoki murakkab guruhlar hosil qiladigan hayvonlarda dominantlik konsepsi-yasi oʻrniga boshqacha munosabatlar, masalan, individlarning vazifasiga binoan oʻzaro munosabatlari asosiy ahamiyatga ega boʻladi. Biologiyada I. tushunchasi har xil obyekt va jarayonlarga tavsif berishda keng qoʻllanadi (masalan, tabiiy jamoalar I. strukturasi, organizm regulyator sistemasi I.si, taksonlar I.si va hokazo).[1]

Dasturlashda murakkab, ya'ni chiziqli bo'lmagan ma'lumot tuzilmalarining bir biriga bog'lanishi Iyerarxiya asosida bo'ladi. Bu daraxt shaklidagi tuzilmadir. Ya'ni ma'lumotlar o'ziga tegishli bo'lgan bir nechta boshqa ma'lumotlarga bog'lanadi. Bunga Graph, Tree kabi tuzilmalarni misol qilish mumkin.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil