Izlam
Muallif(lar) | Faxriyor |
---|---|
Muharrir(lar) | Abdulla Sharopov |
Bezovchi(lar) | Dilshod Nazarov |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | Oʻzbek tili |
Nashr etilgan sanasi | 2017-yil |
Nashriyot | Akademnashr |
Sahifalar soni | 363 |
ISBN | 978-9943-995-38-3 |
Izlam — shoir Faxriyor tomonidan yozilgan sheʼr hamda tarjimalardan iborat toʻplam[1]. Toʻplam 2017-yili Akademnashr nashriyoti tomonidan chop etilgan. Yozuvchi Nazar Eshonqul toʻplam borasida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan[2]:
Adabiyotshunoslik nazarida „yosh va umidli“ boʻlib qolayotgan Faxriyor bu kitobi orqali makon, zamon, olam haqidagi oʻzining 30 yillik badiiy tajribalari mujassamlashgan qatʼiy, toʻlaqonli adabiy, falsafiy qarashlarini, badiiy-nazariy xulosalarini bayon qilgan. Shu jihatdan „Izlam“ kitobi bugun gʻarb postmodernistshunoslari badiiy matnni tahlil obyektiga aylantirgan semantik, madaniy, germenevtik, emotsional-aktsional va timsoliy kodlarga boyligi bilan ham zamonaviy sheʼriyatimizda alohida oʻrin tutishi aniq.
Izlam toʻplami ortidan 2022-yil noyabr oyiga kelib yosh ijodkorlarning kitoblari „Izlam“ turkumi oʻlaroq chop etilgan. Xususan, Azizbek Norovning „Azal va abad yoʻli“, Muhammad Siddiqning „Dugoh“, Xurshid Abdurashidning „Faqat u qoldi“, Rafiq Oʻzturkning „Ichingda bahor“, Jontemirning „Jazba“, Mirzohid Muzaffarning „Mahv“, Tillanisoning „Qon“, Madina Norchoyevaning „Qumaru“, Feruza Xayrullayevaning „Tutqun“ kabi toʻplamlari Akademnashr tomonidan nashr etilgan[3]. Turkum nashr etilgandan keyin oʻzbek internet segmenti ayrim sheʼriy kitoblarni „yalangʻoch“ sheʼriyat sifatida qabul qilgan va bu keng muhokamalarga sabab boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Faxriyor. «Izlam» kitobidan she’rlar & Nazar Eshonqul. «Izlash azobining totlari…» & Shomirza Turdimov. «Vaqtsizlik»ka erkin muxammas | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
- ↑ „“IZLASH AZOBINING OTLARI”...“ (uz-UZ). HURRIYAT (2018-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
- ↑ „Izlam – Akadem“ (uz-UZ). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
- ↑ uz, Kun „Yangi turkum, “yalang‘och” she’riyat va tanqidlar – o‘zbek she’riyatida yangi avlod paydo bo‘ldimi?“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.