Kontent qismiga oʻtish

Izobutilen

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Izobutilen, SN2=S(SN3)2 -toʻyinmagan uglevodorod, rangsiz gaz. Qaynash temperaturasi — 6,9°; suyuqlanish temperaturasi — 140,35°; suyuq I.ning zichligi 594 kg/m3 (20°). Suvda yomon, spirt va efirda yaxshi eriydi. Olefinlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Katalizatorlar (mas, Ag2O) ishtirokida havo kislorodi taʼsirida oksidlanib, epoksidlar, KMpO4ning ishqoriy eritmasi ishtirokida glikollar, NYU4, (SN3SOO)4R va b. oksidlovchilar taʼsirida parchalanib karbonil birikmalar hosil qiladi. Suyuq neft mahsulotlari va gazlari krekingi va piroliziyaa oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. Toza I. izobutanni katalitik degidrogenlash yoʻli bilan olinadi. Izooktan, izopren va b. texnik mahsulotlar olish uchun ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil