Kontent qismiga oʻtish

Izooktan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Izooktan, C(CH3)3—CH2—CH(CH3)2 — oktan izomeri, trimetilpentan, benzin hidi keladigan rangsiz suyuqlik; qaynash temperaturasi 99,24°, suyuqlanish temperaturasi — 107,38°, zichligi 692 kg/m3, 500—570° da metan va izobutilen hosil qiladi. Sanoatda diizobutilenni katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab olinadi. Izooktan suvda erimaydi, oddiy organik erituvchilarda eriydi; benzol, metil va etil spirtlar bilan azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Izooktanning antidetanatsion xossalarini 100 birlikka teng deb qabul qilingan, u oktan soni deb ataladi. Antidetonatsion xossalari yuqori boʻlgan benzinlar olishda qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil