Izotop effektlar
Izotop effektlar - biror elementning izotoplari oʻrtasidagi yoki uning bir izotopi boshqa izotopiga almashinganida modda xossalarini ifodalovchi kattaliklar qiymatining oʻzgarishi. Radioaktiv yemirilish vaqtida izotoplar xossalari (energiya va yemirilish turlari)ning oʻzgarishi I. e.ga kirmaydi. I. e. izotoplarning turli termodinamik va kinetik xossalariga bogʻliq, yaʼni izotoplarning ogʻirligi orasidagi farq qancha katta boʻlsa, shuncha aniq kuzatiladi (mas, vodorodning yengil va ogʻir izotoplari). Elementlar davriy sistemasining 2-davridagi yengil elementlar (Li— Ne) uchun bu farq 35% dan, 3-davridagilar (Na—Ag) uchun 20% dan, 4-, 5-davridagilar (K—Kg) va (Rb—Xe) uchun 15% dan va bulardan ogʻirroq elementlar uchun 10% dan oshmaydi.
Izotoplar ogʻirliklarining har xil boʻlishi spektral chiziklarning siljishiga, izotop birikmalarining zichligi, yorugʻlik sindirish koʻrsatkichi, diffuziya koeffitsiyenta, ionlar solishtirma zaryadlarining oʻzgarishiga sabab boʻladi. I. e. elementlarda issiqlik sigʻimi, issiklik oʻtkazuvchanlik, erish va bugʻlanish temperaturasi, toʻyingan bugʻlarning elastikligi kabi termodinamik xossalarni yuzaga keltiradi. Yadro reaksiyalarida elementlar boshqa elementlarga aylanganida ham I. e. kuzatiladi. I. e. izotoplar xossalaridagi farqqa koʻra, izotoplarni bir-biridan ajratish va izotop aralashmalarda ular miqdorini aniqlash imkonini beradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |