Izotsianatlar
Izotsianatlar — umumiy formu-lasi RN=C=O boʻlgan organik birik-malar. Alksh, aril-, geterilizotsianatlar (R — tegishlicha Alk. Ag . geteroaromatik birikma qoldigʻi) maʼlum. Bularga atsilizotsianatlar RC(O) N=C=O, sulfonilizotsianatlar RCO2N=C=O va Si, Ge, Sn yoki R atomini tutuvchi (mas, (CH3)3SiN=C=O) elementoorganik I. ham kiradi.
I. infraqizil spektrlarida 2250— 2270 sm1 ga, ultrabinafsha spektrallarda esa 220—250 nm ga teng tavsifli yutilishni namoyon qiladi. I. mono-izotsianatlar va diizotsianatlarga boʻlinadi. Bular, asosan, suyuklik yoki qattiq moddalar boʻlib, zaharli, koʻplari lakrimatorlar hisoblanadi.
I. kimyoviy jixatdan kuchsiz asoslar boʻlib, kislorod atomi boʻyicha protonlanadi, ularga nukleofil oʻrin alma-shinish reaksiyalari xosdir. Mas, NA koʻrinishdagi nukleofil reagentlar C=N boga boʻylab birikadi:I. spirtlar bilan uretanlar, aminlar bilan mochevina hosilalarini beradi. Gidroksilamin, ammiak, gidrazin, amidlar, uretanlar, sianamid, mochevina, amidinlar, guanidinlar, nit-raminlar, sulfonamidlar bilan ham taʼsirlanadi. Suv bilan karbamin kislotani hosil qiladi, mahsulot karbonat angidrid va aminobirikmagacha parchalanadi. Oltingugurt, vodorod suv kabi taʼsir etadi. Karbon va mineral kislotalar bilan hosil qilingan birik-malar tez parchalanib, simmetrikangidridlar, aminlar yoki ammoniy tuzlarini beradi. Aromatik I. esa sulfat kislota taʼsirida halqa boʻylab sulfolanadi. Peroksidlar taʼsirida azobirikmalar hosil boʻladi. I. dimerlanish va trimerlanish xususiyatlariga ham ega.
I. sanoat miqyosida birmuncha murakkab hisoblangan yuqori haroratda qaynaydigan (mas, o-dixlorbenzol) erituvchilar ishtirokida aminlarni fosgenlash orqali olinadi. Kursius, Gofman va Lossen qayta guruhlanish usullari I. olishning muhim preparativ yoʻllaridan hisoblanadi.
I. sanoat miqyosida poliuretanlar, pestitsidlar, birlashgan xillari esa toʻqimachilik materiallari, rezina va lok i.ch.da qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |