Kontent qismiga oʻtish

Iztok Mlakar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iztok Mlakar

Iztok Mlakar 2012-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-iyun 1961-yil (1961-06-21) (63 yosh)
Fuqaroligi Sloveniya va Socialist Federal Republic of Yugoslavia
Kasbi Teatr aktyori, qoʻshiqchi

Iztok Mlakar (1961-yil 21-iyunda tugʻilgan) – sloveniyalik qo'shiqchi, qoʻshiq muallifi va teatr aktyori. „Sloveniya sohilining bardi“ sifatida tanilgan[1]. U sloven tilining Littoral lahjasidagi kinoyali shansonlari bilan mashhur. Adi Smolar bilan birgalikda 1990-yildan beri Sloveniyadagi eng taniqli qoʻshiqchilardan biri hisoblanadi.

U Sloveniyaning gʻarbiy qismidagi Postoyna shahrida (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi) tugʻilgan va yoshligini Italiya bilan chegaradosh Nova Gorica shahrida oʻtkazgan. Uning ota-onasi Cerkno shahridan edi va Mlakar ona viloyatining oʻziga xos Cerkno lahjasida bir nechta qoʻshiqlar yozgan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nova Gorica grammatika maktabini tamomlagandan soʻng, Mlakar Sloveniya milliy taetrida radio, kino va aktyorlik boʻyicha tahsil oldi. 1986-yilda esa drama dasturini tugatdi. Hozirda u shu teatrda ishlamoqda[2]. U pyesalar uchun koʻplab qoʻshiqlar yozgan, lekin oʻzining shanson uslubidagi qoʻshiqlarining bastakori va qoʻshiqchisi sifatida tanilgan. 1993-yilda u Jejek mukofotiga sazovor boʻlgan.

Uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mlakar Sloveniya jamoatchiligiga oʻzining mahalliy sloven lahjasida yaratilgan qoʻshiqlar ijrochisi sifatida tanilgan. Uning qoʻshiqlari koʻpincha sevgi va o'lim kabi abadiy mavzular, shuningdek, hayotning quvonchlari, xususan, sharob va mazali taomlar haqida boʻlgan. Har doim kichkina odam nuqtai nazaridan yozilgan, ular koʻpincha kundalik hayot kurashi hamda ijtimoiy va siyosiy muhitning adolatsizligi haqida achchiq sharhlar boʻlgan.

Uning dastlabki qoʻshiqlarida Yugoslaviyaning Titoist shahridagi kundalik hayotga juda koʻp istehzoli sharhlar kiritilgan. Mlakar asosan oddiy odamlar hayotidagi bemaʼnilik va tashvishlarni taʼkidlaydigan gʻayrioddiy shaxsiy voqealar haqida kuylaydi.

Ommaviy chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mlakar oshkoralikdan qochishi bilan mashhur boʻlgan. U hech qachon katta kontsert yoki ommaviy tadbirlarda chiqish qilmagan, kichik va tanlangan tomoshabinlarni afzal koʻrgan. Uning ommaviy chiqishlari kamdan-kam uchraydi va odatda ularga qiziqish juda yuqori boʻlgan. Bunday ijro uslubi odatda uning qoʻshiqlari mavzulariga mos keladi.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Pepi Žbaradorija
  2. Republika Palma de Cocco
  3. Puntarska
  4. Vandima
  5. Pubi, usidma se
  6. Karlo Špacapan
  7. Beštija
  8. Štefana in Bertolin
  9. En glaž vina mi dej
  1. Od Franca Frančeškina god
  2. Soča
  3. Full cool
  4. Božična
  5. Politik Gvido
  6. Valentin
  7. Počasno življenje
  8. Brika (ki b' rad)
  9. Betula
  1. Blues
  2. Rudi Valentinčič in Pepa Žgabucin
  3. Credo
  4. Dešpet
  5. Čikorija anʼ kafe
  6. Marjo Špinel
  7. Ivo Balila
  8. Var’se, čeča
  9. Briškula
  1. Oda
  2. Bose noge
  3. Pismo
  4. Furlanka
  5. Žena al flaša
  6. Pokora
  7. Truckinʼ rap
  8. Bogatašev song
  9. Očenaš
  1. Izvirni greh
  2. Volitve
  3. Ajnglc
  4. Kontrabas
  5. Ja
  6. Belo in rdeče
  7. Šuolni
  8. Hudič!!!
  9. Čuoja

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Večer z Iztokom Mlakarjem“ [An evening with Iztok Mlakar] (Slovenian) (2006-yil 19-iyul). 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-aprel.
  2. „Mlakar's section in Nova Gorica's national theatre“ (Slovenian). Slovenian National Theatre.
    - „Mlakar's acts in theatre and awards“ (Slovenian). SIGLEDAL.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]