Kontent qismiga oʻtish

Izvestiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izvestiya ("Axborot") — RFda chikadigan umummilliy gazeta. Moskvada haftada 5-marta rus tilida nashr etiladi. Gazetaning 1soni 1917 yil 28-fevral (13-mart)da Petrogradda chiqqan. "I." shoʻro tuzumi davrida kommunistik partiya va Sovet hukumati qabul qilgan qaror va hujjatlarning bajarilishini mafkuraviy jihatdan taʼminlovchi qudratli vosita boʻlgan. Shoʻro tuzumi tugagach (1991-yil oxiridan), Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotiga oid islohot va oʻzgarishlarning bajarilishini taʼminlashga moʻljallangan yoʻnalish oldi. Adadi 234.500 (2002).