Ján Riapoš
Ján Riapoš | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Slovakiya |
Tavallud sanasi |
28-sentyabr 1968-yil Heľpa, Slovakiya |
Boʻyi | 194 sm |
Sport | |
Mamlakat | Slovakiya |
Qaysi sport | Stol tennisi |
Ján Riapoš (1968-yil, 28-sentyabr; Heľpa, Slovakiya) – slovakiyalik sportchi, paralimpiyachi. Stol tennisi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etagan. Toʻrt karra paralimpiya chempioni va kumush medal sohibi. Riapošdan koʻproq medalga faqat Genrite Farkas ega (5 oltin, 1 kumush, 1 bronza). Slovakiya paralimpiya qo'mitasi raisi va Slovakiya nogiron sportchilar uyushmasi raisi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilda u avtohalokatga uchrab, orqa miyasidan jarohat olgan[2].
Sportda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi paralimpiya oʻyinlarida oʻzining eng yaxshi natijalasiga erishgan. Individual bahslardagi gʻoliblikdan tashqari, Rastislav Revúcky va Martin Ludrovský bilan birga jamoaviy bahslarda ham gʻolib boʻlgan[3][4].
2016-yili 47 yoshida Riodagi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Yakka tartibdagi turnirda chorak finalda chexiyalik Jiři Suchánekga yutqazib, yakunda beshinchi oʻrinni egallagan. Jamoaviy bahslarda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan[5].
Sportdan tashqarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yildan Riapoš Slovakiya nogiron sportchilar uyushmasi raisi va 2003-yildan esa Slovakiya paralimpiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan[6][7].
2006-yil 31-avgustda Slovakiya Prezidenti Ivan Gašparovič Ján Riapošni nogironlar sportini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun uchinchi darajali Ľudovít Štúr ordeni bilan taqdirlagan[8].
Jan Ryapoš Trnava universitetining sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ish fakultetida ijtimoiy fanlar boʻyicha tahsil olgan[9].
2014-yilgi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi oldidan Robert Fico nomzodini qoʻllab-quvvatlagan[10].
2018-yil 19-noyabrda St. Elizabeth College of Health and Social Work universiteti tomonidan Ján Riapošga chet elda Slovakiyaga vakillik qilgani va nogiron sportchilar bilan 25 yillik faoliyati uchun „faxriy doktor“ (falsafa doktori) unvoni berilgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ján Riapoš“ (sk). www.osobnosti.sk. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „RIAPOS Jan“. stats.ipttc.org. 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Table Tennis at the London 2012 Paralympic Games - Men's Teams Classes 1-2“ (en). Paralympic Games. 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Jan Riapos - Table Tennis - Paralympic Athlete | London 2012“ (en) (deadlink). London 2012. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „RIAPOS Jan“ (en). Paralympic Movement (2016). 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Ján Riapoš“ (sk). aktuality.sk. 2018-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Ján Riapoš“ (sk). www.osobnosti.sk. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Prezident SR Ivan Gašparovič udelil štátne vyznamenania“. Kancelária prezidenta SR (2006-yil 31-avgust). 2017-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Jan Riapos - Table Tennis - Paralympic Athlete | London 2012“ (en) (deadlink). London 2012. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ Samuel Migaľ. „Prekvapenie roka! Expriateľ Radičovej podporuje Fica“ (sk). www.noviny.sk. 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Ján Riapoš získal čestný doktorát“ (sk). Webmagazín TERAZ. 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.